Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Davlat qarzlarini boshqarish
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
23.6. Davlat qarzlarini boshqarish O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar va byudjet mablag‘lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini O‘zbekiston Respublikasi hukumati – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rnatadi. 2019-yilda davlat qarzining chegaraviy hajmi mamlakatda yaratilayotgan YaIMning 50 foizidan oshmasligi zarur. Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ikki dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq: • tashqi qarzlarni olish davlat dasturi; • ichki qarzlarni olish davlat dasturi. Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini ko‘rsatgan holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo‘lgan qarzlar ro‘yxatidan iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim etiladi va tasdiqlanishi kerak. Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga bo‘lib, aks ettiriladi: • bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar); • maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar). Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda alohida-alohida quyidagilar o‘z ifodasini topishi kerak: • bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar: (qarzlar) bo‘yicha: a) jalb qilish manbalari; b) qarzga olish summalari; d) qaytarish muddatlari. 587 • Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafilliklari qanday organ tomonidan sodir etiladi? • Davlatning ichki kreditlari qanday ko‘rinishlarga ega? • Byudjet kreditlari va byudjet ssudalari nima, ular bir-birlaridan nimalari bilan farqlanadi? • Byudjetdan qarz mablag‘larini oluvchilar sifatida kimlar maydonga chiqishi mumkin? • Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning markazlashtirilgan investitsion resurslarini tanlov asosida joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yana nimalar taqdim qilinishi lozim? • O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi kim va u nimalarning umumiy miqdorini belgilaydi? • U yoki bu ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini kim o‘rnatadi va hozirgi kunda u qancha qilib belgilangan? • Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun qanday dasturlarni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq? • Tashqi qarzlarni olish davlat dasturida qarzlar qanday guruhlarga bo‘lib, aks ettiriladi? • Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan dasturlarda alohida- alohida nimalar o‘z ifodasini topishi kerak? • O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog‘ozlarining yagona emitenti kim hisoblanadi? • Davlat ichki qarzlariga xizmat qilish bo‘yicha bosh vakil funksiyasini kim bajaradi? • Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish choralarini shartli ravishda qanday guruhlarga ajratish mumkin? Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling