Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
25.2. Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul 
 qilishning o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Uy xo‘jaligi iqtisodiy va moliyaviy qarorlarni mustaqil ravishda 
qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Bir vaqtning o‘zida, u 
faoliyati butun uy xo‘jaligining jami va uning har bir 
ishtirokchisining ijtimoiy namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga xizmat 
qiluvchi mikrosotsium ham hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi 
uy xo‘jaligining bunday o‘rni uning maqsadga yo‘naltirilganligi 
faoliyati va u tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlarning 
o‘ziga xosligini belgilab beradi. 
Bolalar tarbiyasi, bilim darajasining o‘sishi, sog‘liqni saqlash 
masalalari, dam olishni tashkil etish, uy xo‘jaligi keksa a’zolari 
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va boshqa sotsial maqsadlar uy 
xo‘jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shular 
uy xo‘jaligi ichida ma’lum bir o‘zaro hamkorlikning me’yorlari va 
qarorlar qabul qilishning ko‘zga ko‘rinmaydigan mexanizmlarini 
685 
ega bo‘lingan daromadlarining o‘sishi aholining moliyaviy 
imkoniyatlarini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni 
rag‘batlantirishning 
bozor 
mexanizmlarini 
faollashtiradi. 
Rivojlangan 
mamlakatlarda 
uy 
xo‘jaliklari 
ega 
bo‘lingan 
daromadlarining YaIMdagi salmog‘i 70%ni tashkil etayapti. 
Baholar darajasiga nisbatan o‘zgartirilgan (korrektirovka 
qilingan) ega bo‘lingan daromad uy xo‘jaliklarining real ega 
bo‘lingan 
daromadi 
deyiladi. 
Bu 
ko‘rsatkich 
nominal 
daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o‘zida aks ettiradi. 
Uning o‘zgarishi esa, ma’lum davrdagi ega bo‘lingan daromadlar 
va iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bo‘lgan 
pulning sotib olish qobiliyati indeksi) o‘sish sur’atlarining nisbatiga 
bog‘liq bo‘ladi. Agar baholarning o‘sish sur’ati nominal ega 
bo‘lingan daromadlarning o‘sish tezligidan past bo‘lsa, uy 
xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadlari o‘sadi. Baholarning 
yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu 
holat, o‘z navbatida, aholi iste’mol talabi va sotib olish 
qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning 
barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faolligiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan 
shakllanadi va ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng 
asosiylari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
• mehnat haqi; 
• ijtimoiy to‘lanmalar; 
• tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar; 
• mol-mulkdan keluvchi daromadlar. 
Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi: 
• bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab ish haqlari 
bo‘yicha ish haqining hisoblangan summalari; 
• rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimchalar; 
• ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
kompensatsion to‘lanmalar; 
• mukofotlar va bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar; 
• har yillik va qo‘shimcha mehnat ta’tillariga haq to‘lashlar; 
• safar xarajatlari; 
• berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning 
qiymati; 


684 
aholining kambag‘al qatlamlari va qishloq aholisida natural 
daromadlarning salmog‘i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq 
bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida uy xo‘jaligining naturallashganligi 
tashqi 
muhitning 
(masalan, 
urushlar 
davrida, 
tizimli 
transformatsiyalanish jarayonlarida va h.k.) noqulay shart-
sharoitlariga o‘ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo‘lib 
hisoblanadi. 
Turli manbalar hisobidan uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib 
tushuvchi pul mablag‘larining barcha summasi pul daromadlari 
deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy etgan sharoitda aynan pul 
daromadlari uy xo‘jaliklarining hayotiyligini ta’minlash va ular 
rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari pul daromadlarini 
tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisob-
lanadiki, ular quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi: 
nominal daromadlar
• ega bo‘lingan daromadlar;
• real daromadlar. 
Uy xo‘jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy daromadlari 
majmuining puldagi ifodasi nominal daromadlar deyiladi. Bu 
ko‘rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog‘liq 
bo‘lmagan holda daromadlarni tavsiflaydi. Uy xo‘jaliklari nominal 
daromadlarining YaIMdagi salmog‘i har bir mamlakat iqti-
sodiyotining rivojlanish darajasi va ichki xususiyatlariga bog‘liq 
bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75% 
atrofida tebranadi. Bir vaqtning o‘zida, hisoblangan nominal 
daromadlar va haqiqatda olingan nominal daromadlar o‘rtasidagi 
farqni anglamoq ham lozim. Ular bir-birlaridan shu davrda 
hisoblangan, lekin to‘lanmagan daromadlar, shuningdek, o‘tgan 
davrlar 
uchun 
qarzlarning 
qaytarilishi 
natijasida 
olingan 
daromadlar summasiga farq qiladi. Ish haqi bo‘yicha to‘lash 
muddati o‘tib ketgan qarzdorlikning mavjud bo‘lishi bozor 
iqtisodiyotiga yaqinda o‘tgan mamlakatlar uchun dolzarb 
muammolardan biridir. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uy 
xo‘jaligining ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasi 
uy xo‘jaligining ega bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu daromad 
yakuniy iste’mol va jamg‘arish uchun mo‘ljallangan. Yoppasiga 
hisoblanganda ega bo‘lingan daromad aholining ixtiyoriga borib 
tushuvchi YaIMning tegishli qismiga mos keladi. Uy xo‘jaliklari 
677 
(hayotiy tajriba, an’analar, subyektiv ravishda ustuvorlik berish, 
jamoatchilik fikri va shunga o‘xshashlarni) shakllantiradi. Amalga 
oshirilishi uning ishtirokchilari hayotiy faoliyatini ta’minlab turish 
uchun zarur bo‘lgan to‘lanmagan ishlar salmog‘ining ancha 
kattaligi uy xo‘jaligining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan biridir. 
To‘langan va to‘lanmagan ishlar ko‘rinishlari o‘rtasidagi nisbat 
tarixiy jihatdan o‘zgarib boradi va u uy xo‘jaligining ijtimoiy tarkibi 
hamda butun jamiyatning ijtimoiy rivojlanish darajasiga bog‘liq. 
Uy xo‘jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan 
me’yorlar va qoidalar tashqi omillar ta’siri natijasida shakllanadi. 
Bunday tashqi omillarga quyidagilar kiradi: 
• ijtimoiy munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solish; 
• umumiy iqtisodiy vaziyat; 
• tarkibiy o‘zgarishlar; 
• inflyatsion kutishlar; 
• investitsion muhit; 
• davlatning ijtimoiy siyosati; 
• va boshqalar. 
Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institutsional 
chegaralarni aniqlab beradi. Bir vaqtning o‘zida, iqtisodiy 
faoliyatning subyekti sifatida uy xo‘jaliklari maqsad va unga 
erishish vositalarini tanlashda mustaqil hisoblanadilar va qabul 
qilingan iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar 
(javobgardirlar). 
Uy xo‘jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan ichki 
me’yorlar tizimi quyidagilarga bog‘liq: 
• sotsio-madaniy muhit, xususan, sotsial holati, savodxonlik 
darajasi, uy xo‘jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi sotsial 
aloqalar, dam olish shakllari va boshqalarga; 
• uy xo‘jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi, 
shu jumladan, iqtisodiy xatti-harakatning tipiga (o‘z-o‘zini 
ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor 
maqomining 
yuridik 
jihatdan 
rasmiylashtirilganligiga 
va 
boshqalarga; 
• axloqiy prinsiplarga, shaxsiy salohiyatiga – bunga fikr 
yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga 
qodirligi va h.k.lar kiradi. 
Uy xo‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash 
quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: 


678 
• dastlabki (boshlang‘ich) manbalar; 
• jamg‘ariladigan manbalar; 
• joriy manbalar. 
Resurslar dastlabki (boshlang‘ich) manbalarining tarkibi 
meros bo‘yicha yoki ko‘chmas mulk, naqd pullar, moliyaviy 
aktivlarning hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli 
moddiy shakllaridan iborat. Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari va 
investitsion qo‘yilmalari resurslarning jamg‘ariladigan manbasini 
tashkil etadi. Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilmalar 
(mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, 
sotsial transfertlar) va bir martalik xarakterga ega bo‘lgan pulli 
daromadlar (masalan, iste’mol krediti, lotereyadagi yutuqlar) 
kiradi.
Kerakli fondlarni shakllantirish uchun uy xo‘jaligining 
ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha manbalari uy 
xo‘jaligining moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Funksional 
mo‘ljallanganligiga ko‘ra uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari 
quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin: 
• joriy xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – oziq-
ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini 
(poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatlari, davriy ravishda iste’mol 
qilinadigan xizmatlarning haqi va h.k.; 
• kapital xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – uzoq 
davr foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport 
vositalari) uchun xarajatlar, uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan iste’mol 
qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko‘rsatish, 
sayyohlik yo‘llanmalari) haqini to‘lash; 
• pul jamg‘armalari. 
Uy xo‘jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorlarining 
majmui ularning moliyaviy xatti-harakatini belgilab (aniqlab) 
beradi. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda subyektiv motivlar, 
ustuvorliklar va cheklanmalar rolining katta bo‘lganligi uchun 
bunday xatti-harakat juda xilma-xildir. Buning ustiga, uy 
xo‘jaliklarining 
moliyaviy 
xatti-harakati 
dinamikali, 
tez 
o‘zgaruvchan jarayon hisoblanadi. Shu munosabat bilan uy 
xo‘jaliklarining 
moliyaviy 
qarorlari 
miqdoriy 
va 
sifat 
pozitsiyalaridan 
(shu 
jumladan, 
marketingli), 
iqtisodiyot, 
sotsiologiya va sotsial psixologiya nuqtayi nazarlaridan tadqiq 
etiladi. Bu narsa uy xo‘jaligining jamg‘arma va investitsion 
683 
bo‘layapti. Bu qo‘yilmalar riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar 
portfelining barqarorligini oshirish maqsadida uy xo‘jaliklari 
aktivlari 
portfelini 
diversifikatsiyalashga 
asoslangan 
real 
jamg‘arish 
strategiyasining 
shakllanganligida 
namoyon 
bo‘lmoqda. 


Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling