Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi 
Daromadlar 
Xarajatlar va jamg‘armalar 
1. Mehnatga haq to‘lash 
2. Mehnat haqidan boshqa korxona 
va tashkilotlardan olinadi- 
gan yollanma ishchilarning 
daromadlari 
1. Tovarlarni sotib olish va
xizmatlarni to‘lash 
2. Majburiy to‘lovlar va 
ixtiyoriy badallar: 
a) soliqlar va yig‘imlar; 
701 
• Uy xo‘jaligi resurslarining jamg‘ariladigan manbasini nimalar 
tashkil etadi? 
• Uy xo‘jaligi resurlarining joriy manbalarini aytib bering. 
• Uy xo‘jaligining moliyaviy resurslarini nimalar tashkil etadi? 
• Funktsional mo‘ljallanganligiga ko‘ra uy xo‘jaliklarining 
moliyaviy resurslari qanday tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi 
mumkin? 
• Uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy 
ravishda bog‘langan qanday bloklarni qamrab oladi? 
• Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklarining daromadlarini 
shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida 
(negizida) nima yotadi? 
• Uy xo‘jaliklari darajasida daromadlarni shakllantirish bo‘yicha 
moliyaviy qarorlar nimalarga bog‘liq bo‘ladi? 
• Uy xo‘jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol 
byudjetlari 
yoki 
yanada 
detallashtirilgan 
tarzda 
qanday 
tasniflanishi mumkin? 
• Hayotiy minimum byudjeti qanday aniqlanadi? 
• Minimal iste’mol byudjetining mazmuni nimada? 
• Optimal iste’mol byudjeti nimaga imkoniyat yaratadi? 
• Optimal iste’mol byudjetini qanday ikki darajadagi 
byudjetlarga bo‘lish mumkin? 
• Moliyaviy qarorlarda “asosiy psixologik qonun” nima sifatida 
namoyon bo‘ladi? 
• Jamg‘ariladigan fondlarni shakllantirish bo‘yicha uy 
xo‘jaliklarining 
moliyaviy 
qarorlari 
ishlab 
chiqilib, 
qabul 
qilinayotgan paytda qanday omillar hisobga olinishi kerak? 
• Uy xo‘jaligining iste’mol va moliyaviy xatti-harakatida, 
jamg‘ariladigan fondlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydigan 
ijtimoiy va psixologik jihatlarga nimalar kiradi? 
• Uy xo‘jaligining har qanday jamg‘ariladigan strategiyasi 
mustaqil bo‘lgan qanday uch qismdan tarkib topadi? 
• Uy xo‘jaligi jamg‘arish strategiyasining qanday turlari bo‘lishi 
mumkin? 
• Hozirgi 
paytda 
turli 
moliyaviy 
instrumentlarning 
daromadliligida qanday tendensiya paydo bo‘layapti va u nimada 
namoyon bo‘lmoqda?
• Uy xo‘jaliklari daromadlarining ta’rifini aytib bering. 
• Eng 
umumiy 
ko‘rinishda, 
uy 
xo‘jaliklarining 
jami 
daromadlarini qanday ikki guruhga ajratish mumkin? 


700 
• Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy xo‘jaliklarining 
o‘zaro bog‘langanligi nimalarda ko‘rinadi? 
• Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosa-
batlarning mazmuni nimada? 
• Davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromad va yakuniy 
(oxirgi) iste’molning miqdoriga qanday ta’sir qilishi mumkin? Ular 
qanday shakllarda amalga oshiriladi? 
• Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi (uy xo‘jaliklariaro) 
moliyaviy munosabatlar qanday hollarda vujudga keladi va 
moliyaning bu sohasiga nimalarni kiritish mumkin? 
• Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalarini 
tushuntirib bering.
• Uy xo‘jaliklari moliyasi qanday funksiyalarni bajaradi?
• Uy xo‘jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasining mazmunini 
tushuntirib bering. 
• Uy xo‘jaliklari moliyasining takror ishlab chiqarish 
funksiyasining mazmuni nimada? 
• Qay hollarda uy xo‘jaliklari moliyasi nazorat funksiyasini 
bajaradi? 
• Uy xo‘jaliklari moliyasi tartibga solish funksiyasining 
namoyon bo‘lishini qanday nuqtayi nazardan qarash maqsadga 
muvofiq? 
• Uy xo‘jaliklari moliyasini tartibga solaverib, davlat, eng 
avvalo, qanday ishlarni amalga oshiradi? 
• Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi 
nimalar orqali namoyon bo‘lishi mumkin? 
• Uy xo‘jaliklari moliyasi ijtimoiy funksiyasining mazmunini 
tushuntirib bering. 
• Uy xo‘jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko‘rsatishi 
nimalarga bog‘liq? 
• Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos 
xususiyatlarini aytib bering. 
• Uy xo‘jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan 
normalar va qoidalarning tashqi omillarini bilasizmi? 
• Uy xo‘jaligining moliyaviy xatti-harakatini tashkil etadigan 
ichki me’yorlar tizimi nimalarga bog‘liq? 
• Uy xo‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash 
qanday manbalar hisobidan amalga oshiriladi? 
• Uy xo‘jaligi resurslari dastlabki (boshlang‘ich) manbalarining 
tarkibini aytib bering. 
693 
3. Dividendlar 
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulot- 
larini sotishdan olinadigan 
tushumlar 
5. Pensiya va nafaqalar 
6. Stipendiyalar 
7. Moliyaviy tizimdan olinadigan 
tushumlar (sug‘urta qoplama- 
lari, omonatlarning foizla- 
ri, lotereya yutuqlari va b.) 
8. Xorijiy valyutani sotishdan 
kelgan aholining daromadla- 
ri 
9. Boshqa tushumlar 
a) komission magazinlar orqa 
li buyumlarni sotish 
b) 
chiqindi 
ashyo, 
metallom 
va 
boshqalarni sotish 
10.O‘tkazmalar bo‘yicha olingan 
pullar 
b) sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar; 
v) jamoatchilik va kooperativ 
tashkilotlarga badallar; 
g) ssudalarni qaytarish; 
d) lotereya chiptalarini sotib 
olish; 
e) tovar krediti uchun foizlar; 
yo) pensiya fondlariga sug‘urta 
badallari; 
3. Omonatlar va qimmatli qog‘oz- 
lardagi jamg‘armalarning 
o‘sishi 
4. Uy-joy binolarini sotib 
olish 
5. Xorijiy valyutani sotib 
olish bo‘yicha aholi 
xarajatlari 
6. O‘tkazmalar bo‘yicha 
jo‘natilgan pullar 
Jami 
pul daromadlari 
Jami pul xarajatlari va jamg‘armalar 
Xarajatlarning daromadlardan
oshishi 
Daromadlarning xarajatlardan oshishi 
Balans 
Balans 
• dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo‘llanmalar xarajatlari 
va tibbiy xizmatlarni to‘lash; 
• kino, teatr va boshqa tomoshalar xarajatlari; 
• passajir transportining barcha turlarini to‘lash xarajatlari; 
• aloqa xizmatlarini to‘lash; 
• qolgan boshqa xizmatlarni to‘lash. 
Majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar uy xo‘jaliklari 
byudjetlari xarajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu 
xarajatlar, hozirgi sharoitda, o‘sish tendentsiyasiga ega bo‘lib, ular 
quyidagi omillar bilan bog‘langan: 
birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kengayishi 
yakka tartibdagi tadbirkorlarning xo‘jalik va savdo faoliyatidan 
olinadigan (undiriladigan) soliq, boshqa majburiy to‘lovlar va 
yig‘imlarning ham ko‘payishi bilan kuzatilmoqda; 
• ikkinchidan, sug‘urta tizimining rivojlanishi, notijorat 
sektorning o‘sishi (masalan, turli jamoatchilik tashkilotlari, 
birlashmalari va ittifoqlari), bir tomondan, sug‘urta bo‘yicha 


694 
badallarni oshirsa, ikkinchi tomondan, notijorat tashkilotlarga 
ajratmalarni ko‘paytiradi; 
• uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivojlanishi uy 
xo‘jaliklari byudjetlarining xarajatlarida “ssudalarni qaytarish” va 
“tovar krediti bo‘yicha foizlar” moddalarining oshirilishiga olib 
keladi.
Sug‘urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xizmatlari 
amaliyotida iste’mol krediti va u bilan bog‘liq bo‘lgan 
operatsiyalarning kengayishi natijasida kelajakda uy xo‘jaliklari 
byudjetlari 
xarajatlarining 
bu 
yo‘nalishlari 
faqat 
o‘sish 
tendensiyasiga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy 
bozorning rivojlanishi va pensiya tizimining isloh qilinishi uy 
xo‘jaliklari byudjetlarida “pensiya fondiga sug‘urta badallari” 
xarajatlar moddasining ham o‘sishiga olib keladi. 
Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlar qismining majburiy 
to‘lovlarida soliqlar va yig‘imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy 
xo‘jaliklari daromadlarining soliqqa tortilishi ular real daromadlarini 
qisqartiradi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, davlat moliyasining 
taqsimlash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning daromad-
lari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni yechishga 
xizmat qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining 
turli byudjetlari darajalarida daromadlarning yetarli tushishini 
ta’minlaydi. Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromadlaridan 
olinadigan 
soliqlar 
daromadlardan 
ratsional 
foydalanishni 
rag‘batlantirish va ularni shakllantirish yo‘llari bilan uy xo‘jaliklari 
byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Uchinchidan, soliqlar vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat 
va uy xo‘jaliklarining sotsial muammolarini yechish uchun qayta 
taqsimlanadi. 
Amaldagi 
qonunchilikka 
muvofiq 
mamlakat fuqarolari 
daromadlaridan, mol-mulkidan (shu jumladan, yer solig‘i va yer 
uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va yig‘imlar 
(masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxslardan olinadigan 
xilma-xil mahalliy yig‘imlar) va davlat bojlarini to‘laydi. Bir vaqtning 
o‘zida, uy xo‘jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va 
xarajatlarining balansida majburiy to‘lovlar sifatida hisobga 
olinmaydigan egri (bilvosita) soliqlar ham o‘zining ta’sirini 
ko‘rsatadi. Chunki bu soliqlar (aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, 
bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining tarkibida bo‘lib, 
ular tovar sotib olinayotganda to‘lanadi. Tovarlar bahosining 
darajasini faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki 
699 
bog‘langan (tashkil qilingan) shakllari rolini ko‘tarish va moliyaviy 
oborotga (aylanmaga) “aholi qo‘lidagi pullarning o‘sishi” moddasi 
bo‘yicha mablag‘larni kiritish; 
• jamg‘armalarni investitsion resurslarga aylantiradigan 
(transformatsiya 
qiladigan) 
institutlar 
va 
instrumentlarni 
rivojlantirish. Buning uchun bank va moliya xizmatlarini 
diversifikatsiya qilish va kengaytirish, eng avvalo, badalli 
investitsion fondlar va sug‘urta kompaniyalari singari jamoa 
investorlari institutlari rivojlanishini yangi sifat darajaga o‘tkazish, 
korporativ obligatsiyalar bozorini shakllantirish kerak va h.k.; 
• yaxlit olgan holda investitsion iqlimni va jamg‘armalar 
bozorining investitsion muhitini yaxshilash. Bu yo‘nalish bo‘yicha 
investitsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish va 
rag‘batlantirishning roli yuqori bo‘lmog‘i lozim. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling