Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• “Uy xo‘jaligi” tushunchasining mazmuni nimada? • Uy xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan xarakterli xususiyatlarni aytib bering. • Uy xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliyaviy tizimning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadimi va uning moliyaviy ahamiyati nima bilan belgilanadi? • “Uy xo‘jaliklari moliyasi”ning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering. • “Uy xo‘jaligi”, “xonadon” yoki “oila” atamalari bir xil ma’noni anglatadimi? Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni bilasizmi? • “Uy xo‘jaligi moliyasi” iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralarini ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatsa bo‘ladimi? Ularning farqlarini aytib bering. • Uy xo‘jaligini xo‘jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi qanday me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim? • Uy xo‘jaliklari moliyasining ta’rifini aytib bering. • Uy xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan moliyaviy munosabatlar majmuini qanday guruhlarga bo‘lish mumkin? • Qanday munosabatlar uy xo‘jaligining ichki moliyaviy munosabatlari hisoblanadi? • Uy xo‘jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlarini tushuntirib bering. 698 mentariylar (vositalar, dastaklar) kengaymoqda: ipotekaviy kreditlashtirish rivojlanayapti; investitsion fondlar, nodavlat pensiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari faol faoliyat ko‘rsatayapti; • tijorat banklari (shu jumladan, “Xalq banki” va boshqa banklar) o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi aholi mablag‘larini jalb qilish shakllari va metodlarining rivojlanishiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi: taqdim etiladigan xizmatlar doirasi (spektri) kengaydi, omonatlarning yangi turlari yaratildi va boshqalar; • jismoniy shaxslar omonatlarini qisman kompensatsiya qilishni ko‘zda tutuvchi xususiy (shaxsiy) omonatlarni majburiy sug‘urta qilish tizimining yaratilishi bank tuzilmalariga bo‘lgan ishonchning o‘sishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va uy xo‘jaliklari jamg‘armalar bog‘langan (tashkil qilingan) shakllarining imkoniyatlarini kengaytiradi; • jamg‘arma jarayonlarida foydalaniladigan moliyaviy instrumentlar daromadlik darajasining bir-biriga yaqinlashuvi yangi moliyaviy piramidalarni yaratish yo‘liga to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Bir vaqtning o‘zida jamg‘armalar hamon o‘zlarining investitsion salohiyatini to‘liq amalga oshirmayapti va uy xo‘jaliklari daromadlarining qo‘shimcha manbalariga to‘liq aylanmayapti. Buning ustiga hozirga qadar uy xo‘jaliklari jamg‘arma fondlarining o‘sishi iste’mol fondi hisobidan, ya’ni daromadlar tarkibiy tuzilmasining sifat jihatidan o‘zgarishi natijasida emas, balki iste’molning iqtisod qilinishi hisobidan amalga oshirilayotir. Jamg‘arish jarayonining sog‘lomlashtirilishi (normallashuvi) iqtisodiyot va ijtimoiy soha rivojlanishini muvozanatlashtirish (balanslashtirish) va ularning barqarorligini ta’minlash bilan uzviy bog‘langan. Bu narsa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish va iste’mol, daromadlarni taqsimlash va ulardan foydalanish, moliya va pul muomalasi sohalaridagi saqlanib qolgan nomutanosibliklarga barham berilishini taqozo etadi. Hozirgi sharoitda uy xo‘jaliklari jamg‘armalari mexanizmini takomillashtirish quyidagi bir necha yo‘nalishlar orqali amalga oshirilishi kerak: • aholi real daromadlari va sotib olish qobiliyatining o‘sishini ta’minlash. Bu narsa uy xo‘jaliklari jamg‘armalarga nisbatan moyilligining o‘sishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi; • mablag‘larni investitsion jarayonlarga jalb qilish uchun valyutalarni sotib olishga xarajat qilinadigan jamg‘armalarning 695 ayrim to‘g‘ri (bevosita) soliqlar (yagona ijtimoiy soliq, korxonalarning foydasidan olinadigan soliq, tashkilotlarning mol- mulkidan olinadigan soliq va boshqalar) ham oshiradiki, ular ham qisman yoki to‘liq tovarlar bahosi orqali kompensatsiya qilinadi. Aholi daromadlari va xarajatlari balansi xarajatlar qismining boshqa moddalari (“omonatlar va qimmatli qog‘ozlardagi jamg‘armalarning o‘sishi”, “xorijiy valyutalarni sotib olish bo‘yicha aholi xarajatlari” va boshqalar) jamg‘arish jarayoni doirasida uy xo‘jaliklarining moliyaviy munosabatlarini aks ettiradiki, ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari ushbu bobning navbatdagi paragrafida ko‘rib chiqiladi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling