Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni
taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan iqtisodiy 131 Ming afsuski, bunday holatlarda o‘zbek tilining boyligi, uning rang-barangligi va serqirraligi, asossiz ravishda, suiiste’mol qilinmoqda. Ona tilimizda turli shakl va mazmunda ishlatilishi lozim bo‘lgan hamda shunga mos ravishda turli ma’no va mohiyatlarni anglatishga xizmat qiluvchi so‘z, ibora, atama va tushunchalar mohiyatini chuqur o‘rganmasdan ishlatilayotganligi turli chalkashlik va noaniqliklarni keltirib chiqarib, fanimizning, jumladan, moliya fanining rivojlanishiga ham zarar etkazmoqda, o‘quvchilarni adashtirmoqda. 668 25-BOB. UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI 25.1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari moliyasi Uy-xo‘jaliklari moliyasi davlat moliyaviy tizimning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy xo‘jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan qanday maqsadlarni bajarishga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o‘zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini aniqlab beradi. Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg‘aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq to‘lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (kishilar to‘plamidan) iborat bo‘lgan institutsional birlikni ifodalash uchun foydalaniladi. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy xo‘jaligini yagona yashash maydonida birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o‘zlarining daromadlari va boyliklarini to‘liq yoki qisman berayotgan va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo‘lmagan guruhi, deb ta’riflaydi 130 . Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo‘jaligi” atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo‘jaligi moliyasi” iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari 130 Bu to‘g‘rida batafsil qarang: Finansovo-kreditniy entsiklopedicheskiy slovar / Pod obshch. red. A.G.Gryaznovoy. – M.: 2002. s. 299. 661 Obligatorli qayta sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urta to‘lovlarining hammasi sug‘urta mukofotidan foizlar hisobida to‘lanadi. Obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomasi noaniq muddatga tuzilib ikki tomonning roziligi bilan bekor qilinishi mumkin. Bunday shartnoma sug‘urta tashkiloti uchun foydalidir, chunki bunda hamma qabul qilingan risklar qayta sug‘urta himoyasiga ega. Obligatorli qayta sug‘urta fakultativ qayta sug‘urtadan farqli, u sug‘urta portfelining katta qismini o‘z ichiga oladi. Obligatorli qayta sug‘urta shartnomasi fakultativ qayta sug‘urta shartnomasidan ancha arzonroq. Shuning hisobiga xalqaro qayta sug‘urta bozorida ushbu qayta sug‘urta turi katta salmoqni tashkil etadi. Obligatorli qayta sug‘urtadan farqli, fakultativ qayta sug‘urtada qayta sug‘urtalovchi o‘ziga qabul qilayotgan risk haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladi. Ushbu shartnoma bo‘yicha bir martalik bitimlar amalga oshiriladi. Fakultativ qayta sug‘urta shartnomasi tomonlarga to‘liq erkinlik beradi. Sug‘urta tashkilotining qayta sug‘urtalovchiga fakultativ qayta sug‘urtalash bo‘yicha berayotgan taklifida risk haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak: -sug‘urta tashkilotining nomi va manzili; -qayta sug‘urta turi: proportsional yoki noproportsional; -riskning joylashgan joyi; -sug‘urta manfaati; -shartlar-sug‘urtalangan xavflar (qaysi risklardan sug‘urtalanadi va qaysilaridan sug‘urtalanmaydi (istisnolar) to‘liq ko‘rsatiladi); -umumiy sug‘urta summasi, qoplamaning qaysi valyutada to‘lanishi, stavkalar; -franshiza; -qayta sug‘urtalovchiga mukofot, qayta sug‘urta komissiyasi va boshqa xarajatlar; -fakultativ qayta sug‘urtaning boshlanishi va tugash sanasi; -taklif qilingan ulush; -zararning oldini olish imkoniyati va choralari; -ekspert xulosasi; -bevosita sug‘urtadagi sug‘urtalovchining ulushi. Odatda fakultativ qayta sug‘urtalash jarayoni sekin kechadi, chunki qayta sug‘urtalovchi riskni obdon o‘rganguncha bir muncha vaqt ketadi. Qayta sug‘urtalovchi riskni o‘rganib bo‘lib, sug‘urta tashkilotiga o‘zi qabul qila oladigan ulush miqdorini aytadi. Yirik 662 qayta sug‘urtalovchilar o‘zlarining fakultativ qayta sug‘urtalash bo‘linmalariga ega. Fakultativ qayta sug‘urtalashda qayta sug‘urtalovchining vazifasi bevosita sug‘urta tashkilotining imkoniyatini kengaytirish bilan cheklanib qolmasdan, balki riskni baholash, sug‘urta shartnomalari shartlarini belgilash, zararni oldini olish va ushbu masalalar bo‘yicha maslahat berishdan ham iborat. Fakultativ qayta sug‘urta sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchiga ko‘p qulayliklar yaratishi bilan birga kamchiliklarga ham ega. Fakultativ qayta sug‘urtaning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat: 1. qayta sug‘urtaga berilayotgan risk bo‘yicha ma’muriy ishlar hajmining ko‘pligi; 2. riskni joylashtirishda sug‘urtalovchining har bir qayta sug‘urtalovchi bilan aloqada bo‘lishiga ketadigan ko‘p vaqt; 3. sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchidan birdaniga uning moliyaviy imkoniyatlaridan katta riskni qabul qila olmaydi; 4. fakultativ qayta sug‘urtalovchi tomonidan o‘rnatiladigan komission haq nisbatan kamroq bo‘ladi. Yuqoridagi sanab o‘tilgan kamchiliklarga qaramasdan fakultativ qayta sug‘urta quyidagi sabablarga ko‘ra amalda qo‘llaniladi: 1. oddiy sug‘urta shartnomalariga to‘g‘ri kelmaydigan maxsus risklarni qayta sug‘urtalashda; 2. obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomasida qayta sug‘urtalash limitidan oshgan summani qayta sug‘urtalashda; 3. shartnoma bo‘yicha risklarning zarar xavfi juda yuqori bo‘lganda va qayta sug‘urtalovchining javobgarligini cheklashda; 4. bozorning boshqa sug‘urta tashkilotlari band etgan segmentida sug‘urta tashkilotining teng ishtirok etishi. 5. sug‘urta qildiruvchi faoliyatining yangi yo‘nalishlarini sug‘urtalayotganda sug‘urtalovchining moliyaviy imkoniyatlarni oshirishda; 6. sug‘urtalovchiga sug‘urtaga qabul qilish amaliyotini baholashda; 7. alohida ahamiyatga ega bo‘lgan risklarni sug‘urtalashda qayta sug‘urtalovchining tajriba va salohiyatidan foydalanish. Qayta sug‘urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug‘urta qilishga nisbatan nisbiy qayta sug‘urtalash ancha ilgari paydo bo‘lgan. Shu nuqtayi nazardan qaraganda nisbiy qayta sug‘urtalashni, 667 • Sug‘urta qoplamasi yuridik shaxsga qaysi hujjatlar asosida to‘lanadi? • Yuridik shaxslarning mol-mulki sug‘urtasini rivojlantirish muammolari haqida so‘zlab bering. • Mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha nimalar sug‘urtalanishi mumkin? • Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida nimalar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim? • Shaxsiy sug‘urta, odatda, fuqarolarni qanday xavf- xatarlardan himoyalanishini nazarda tutadi? • Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta turlariga nimalar kiradi? • Majburiy tarzda amalga oshiriladigan shaxsiy sug‘urtaning turlari nimalardan iborat? • Sug‘urta summasini olish uchun sug‘urtalangan shaxslar sug‘urtalovchiga qanday hujjatlarni taqdim etishi shart? • Javobgarlik sug‘urtasi nima? • Javobgarlik sug‘urtasi mazmun-mohiyati jihatidan nechtaga bo‘linadi? • Fuqarolik-huquqiy javobgarlik qanday turlardan iborat? • O‘zbekiston sug‘urta bozorida javobgarlikni sug‘urta qilishning qanday turlari amalga oshirilmoqda? • Sug‘urta bozori deganda nima tushuniladi? • Sug‘urta bozori qanday ishtirokchilarga bo‘linadi? • Sug‘urta bozori professional ishtirokchilari tarkibiga yana kimlarni kiritish mumkin? • Sug‘urta bozorida sug‘urta kompaniyalarining mavqei qanday? • Qayta sug‘urta yoki qayta sug‘urtalash deyilganda nimalar nazarda tutiladi? • Qayta sug‘urta qilish shartnomalari qanday o‘ziga xos belgilarga ega? • Tsedent va retrotsedent nima? • Fakultativ, obligator va fakultativ-obligatorli qayta sug‘urtalash deyilganda nimalar tushuniladi? • Sug‘urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug‘urtalashning qanday shakllari mavjud? 666 • 2002-yilning 5-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 3- moddasida sug‘urtaga qanday ta’rif berilgan? • Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida qanday prinsiplarga asoslanadi? • Sug‘urtaga qanday funksiyalar xos? • Sug‘urta qanday shakllarda amalga oshiriladi? • Sug‘urtaning maqsad va vazifalari mustaqillik yillarida tom ma’noda qanday o‘zgardi? • Sug‘urta o‘z rivojlanish tarixida qanday bosqichlardan o‘tgan? • Tijoratga asoslanmagan sug‘urtaning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? • Tijorat sug‘urtasi paydo bo‘lishining bosqichlari qanday davrlarni o‘z ichiga oladi? • Sug‘urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar qanday yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi? • Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qanday turlarga bo‘lish mumkin? • «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning asosiy mazmuni nimalardan iborat? • Yuridik shaxslarning qanday mol-mulklari bilan bog‘liq mulkiy manfaati sug‘urta obyekti sifatida qabul qilinishi mumkin? • Yuridik shaxslar mol-mulkining sug‘urtasida sug‘urta obyekti bo‘lib nima xizmat qiladi? • Yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma nimalar asosida tuziladi? • Yuridik shaxslarning mol-mulki qanday hodisalarning ro‘y berishi natijasida yetkazilgan zarardan sug‘urta qilinadi? • Mol-mulklarni sug‘urta qilish sug‘urta faoliyati klassifikatorining qaysi klasslarida ko‘rsatilgan? • Yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urtasi bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urtalanuvchi qanday huquqlarga ega? • Yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urtasi bo‘yicha tuzilgan shartnoma qaysi holatlarda bekor etilishi mumkin? • Yuridik shaxslarning mol-mulki sug‘urtasida sug‘urtachining sug‘urta qoplamasini to‘lash bo‘yicha majburiyati qachon boshlanadi? • Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda korxona qanday chora- tadbirlarni amalga oshiradi? 663 ba’zan, an’anaviy qayta sug‘urtalash ham deb atash qabul qilingan. Nisbiy qayta sug‘urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta sug‘urta tashkilotining riskni taqsimlashdagi ulushi sug‘urta tashkiloti aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu nisbatga qarab, qayta sug‘urtalash mukofotining va sug‘urta tashkilotining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug‘urta qilishning prinsipi “qayta sug‘urtalovchi sug‘urta tashkilotining riskini bo‘ladi”, degan fikrdan iborat. Qayta sug‘urta shartnomasining asosiy shartlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-moddasida o‘z ifodasini topgan. Xususan, unda qayd etilishicha “sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin 128 ”. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘urtalovchi keyingi shartnomada sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi. Qayta sug‘urta qilishda sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urtalovchi javobgar bo‘lib qolaveradi. Biroq asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi hisoblangan sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlarining qayta sug‘urta qilingan qismi qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga o‘tadi. Ikki yoki bir nechta qayta sug‘urta qilish shartnomalarini ketma-ket tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday shartnomalarning har biri keyingi qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan asosiy sug‘urta shartnomasi deb hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda sug‘urta tashkilotlari va ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi qayta sug‘urta brokerlari muhim rol o‘ynaydi. Shuni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida qayta sug‘urta brokeri tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “O‘z nomidan va qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug‘urtalovchining topshirig‘iga binoan qayta 128 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2002. 664 sug‘urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug‘urta brokeri hisoblanadi” 129 . Biroq, 2019-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida birorta ham qayta sug‘urta bilan shug‘ullanadigan brokerlik idoralari tashkil etilmagan. Holbuki, xalqaro qayta sug‘urta bozorlarida qayta sug‘urta brokerlarining faoliyati keng taraqqiy etganligini inobatga olsak, bunday tashkilotlarning keyinchalik milliy sug‘urta bozorimizda tashkil etilishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2007-yil 15-sentyabrda amalda bo‘lgan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, shu jumladan yangi 8 1 modda kiritilgan. Bu moddada sug‘urta hamda qayta sug‘urta brokerlarining huquq va majburiyatlari yoritilgan. Quyida sug‘urta hamda qayta sug‘urta brokerlarining huquq va majburiyatlarini keltirib o‘tamiz: Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega: sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har qanday turi bo‘yicha vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish; sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) tanlash; sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar olish; ekspert va maslahat xizmatlari ko‘rsatish. Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari: sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; sug‘urta shartnomasini tuzish va ijro etish bo‘yicha to‘liq, ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so‘rovlariga ko‘ra taqdim etishi; 129 O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritish to‘g‘risida. – Xalq so‘zi, 2007 yil 15 sentyabr. 665 mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart. Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlarining zimmasida qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Qayta sug‘urta qilish shartnomalari bir tomondan sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan, sug‘urta tashkiloti va ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkiloti o‘rtasida tuzilishi mumkin. Dastlab, sug‘urta tashkiloti o‘zining moliyaviy qobiliyatini mustahkamlash maqsadida qabul qilib olingan riskning bir qismini boshqa sug‘urta tashkilotida yoki ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotida sug‘urtalash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchi ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotiga murojaat qiladi. Agar qayta sug‘urta tashkiloti riskni qayta sug‘urta qilishga rozilik bildirsa, ular o‘rtasida qayta sug‘urtalash shartnomasi tuziladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shartnoma shartlarida, unda ishtirok etuvchi tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgarlik, shartnomani kuchga kirishi, amal qilish va bekor etilishi qoidalari mujassam bo‘lishi kerak. Shuningdek, shartnomada qayta sug‘urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik hajmi ko‘rsatilishi zarur. Qayta sug‘urta qilish shartnomalari ba’zi o‘ziga xos belgilariga ega bo‘lib, ushbu holat uni boshqa turdagi shartnomalardan farqlaydi. Shuning uchun ham qayta sug‘urta sohasini nazariy jihatdan qaysi sug‘urta tarmog‘iga kiritish yoxud uni mustaqil sug‘urta sohasi sifatida qarash ancha bahs munozarani talab qiladi. Agar sug‘urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urta kompaniyasiga darhol xabar qilishi kerak. O‘z navbatida, qayta sug‘urta kompaniyasi shartnomada ko‘zda tutilgan qoplamani to‘lashi shart. Qayta sug‘urta kompaniyasi shartnoma buyicha o‘z majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarsa, u holda shartnoma bajarilgan hisoblanadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling