Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
• Ijtimoiy ta’minot deb nimaga aytiladi? 
• Ijtimoiy ta’minot bo‘yicha xarajatlarning asosiy ko‘rinishlari 
nimalardan iborat? 
• Pensiyaning qanday ko‘rinishlari mavjud? 
• Nafaqalarning qanday asosiy ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin? 
• Ijtimoiy ta’minotning yana qanday shakllari ham amal qiladi? 
• “Ijtimoiy ta’minot” tushunchasining keng ma’noda talqini 
nimalardan iborat? 
• “Ijtimoiy ta’minot” tushunchasi tor ma’noda qanday tasavvur 
qilinadi? 
• Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari nimalardan iborat? 
• Ijtimoiy ta’minotni vujudga keltirishning (yaratishning, 
qurishning, tuzishning) prinsiplari tarkibiga nimalar kiradi? 
• Hozirgi paytda pensiya tizimini isloh qilishning asosiy 
negizida qanday prinsip yotadi va unga muvofiq pensiyalarning 
qanday darajalarini o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda? 
• Davlat pensiyasi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq pensiyaning 
qanday turlari qo‘llanilib kelinayapti? 
• Qarilik pensiyasiga xos bo‘lgan xususiyatlar nimalardan iborat? 
• Nogironlik pensiyasi qanday holatda tayinlanadi va uning 
miqdoriga nimalar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi? 
• Boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya kimlarga 
mo‘ljallangan va uning darajasi nimalarga bog‘liq? 
• Xizmat qilgan yillari uchun pensiya qanday omillarga bog‘liq 
ravishda o‘rnatiladi? 
• Ijtimoiy pensiya kimlar uchun belgilanadi? 
• Ijtimoiy nafaqalarning tarkibi nimalardan iborat bo‘lishi 
mumkin? 
• Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar kimlarga beriladi? 
• Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqaning miqdori qanday 
belgilanadi? 
• Bolaning ikki yoshga yetguniga qadar parvarishi bo‘yicha ta’til 
davrida beriladigan nafaqa kimlarga berilishi mumkin? 
573 
Ayrim hollarda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qat’iy stavkalar 
foizlarni to‘lash borasida davlat xarajatlari o‘sishining sabablari 
bo‘lishi, boshqa bir hollarda esa ular foiz darajasining oshishini kutib 
o‘tirgan investorlarni qo‘rqitib yuborishi mumkin. 
Byudjet defitsitini qoplash uchun qarzlarni nisbatan yuqoriroq 
darajada bo‘lgan foiz stavkalarida joylashtirishga to‘g‘ri keladi. 
Qarz muddati, odatda, 20-30 yilni tashkil etayotgan qarz davri 
davomida o‘zining qarz majburiyatlari bo‘yicha ana shunday foizni 
o‘rnatib, davlat soliq to‘lovchilarning zimmasiga qo‘shimcha 
xarajatlarni yuklaydi. Amaliyotda bunday vaziyatdan chiqib 
ketishning ikki varianti mavjud: 
1) pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni qisqa yoki uzoq muddatli 
qarzlar va uzoq muddatli qarzlarni (foiz stakasi pasayib ketgan 
paytda) chiqarish bilan qoplash. Biroq bu holda qarz oluvchi yana 
bitta qarzni chiqarish, joylashtirish va uni qaytarish (uzish) bilan 
bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishga majbur 
bo‘ladi. 
Bundan 
tashqari, 
investorlar 
foiz 
stavkasining 
(ko‘tarilishini) kutib, ikkinchi chiqarilgan qarzga nisbatan qiziqish 
bildirmaslik ehtimoli ham yerda bor; 
2) qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni uzluksiz 
ravishda qayta ko‘rib borish. Bu holda yuqorida keltirilgan barcha 
muammolar hal qilinadi. Hisob-kitob asosi sifatida, odatda, 
mamlakatdagi banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavkasidan 
foydalaniladi. Biroq bunday qarzlar juda katta kamchilikka ega, 
ya’ni qarzdor o‘z xarajatlarini rejalashtirish imkoniyaga ega 
bo‘lmaydi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling