Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
1. Xalqaro moliya deganda nimani tushunasiz?
2. Xalqaro moliyaning asosiy funksiyalarini izohlang.
3. Xalqaro
moliya
munosabatlari
shakllanishi
va
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar nimalardan iborat?
4. Xalqaro moliyaning elementlarini izohlang.
5. Jahon moliyaviy muhiti nima?
6. Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari nimalardan
iborat?
7. Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlarini sanab
o‘ting.
8. Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga nimalar
kiradi?
9. Xalqaro
moliya
munosabatlari
tuzilmaviy
jihatdan
nimalarni o‘rganadi?
10. Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga xos
bo‘lgan tendensiyalarni izohlang.
745
Moliyaga oid atama va iboralarning izohli lug‘ati
A
Aktuar hisob-kitoblar (sug‘urtada) – tarif stavkalarini hisob-kitob
qilishning iqtisodiy-matematik metodlari majmui. Sug‘urta fondini vujudga
keltirishda (yara-tishda) har bir sug‘urtalanuvchining (sug‘urta qiluvchining)
ishtirok etish salmog‘ini aniqlab beradi, ya’ni tuzilgan sug‘urta
shartnomasiga muvofiq tarif stavkalarining o‘lchamini aniqlaydi.
Aksionerlik jamiyati – xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy
shakllaridan biri. Uning kapitali aksiyalarni joylashtirish orqali shakllanadi.
Aksionerlik
jamiyatlari
pul
jamg‘armalarining
ishlab
chiqarish
investitsiyalariga aylanishiga imkon beradi. Aksiyalarni chiqarish kapitalni
mobilizatsiya (jalb) qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bozor
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu korxonalar faoliyat ko‘rsatishining
asosiy tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi.
Aksiya – aksionerlik jamiyatining kapitaliga ulushning kiritilganligi
xususida ma’lumot va uning egasiga dividend ko‘rinishidagi daromadni
olish huquqini beruvchi qimmatli qog‘oz.
Do'stlaringiz bilan baham: |