Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
Byudjet jarayoni – Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul 
qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni 
tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi 
byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha 
qonunchilik bilan reglamantatsiya qilingan hokimiyat organlarining faoliyati. 
Yagonalik, mustaqillik va balans metodi byudjet jarayonining prinsiplaridir. 
Byudjet dotatsiyasi - o‘z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi 
boshqa mablag‘lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan 
daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi 
byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari. 
Byudjet defitsiti - muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet 
daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi. 
Byudjetdan mablag‘ ajratish – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet 
mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari. 
Byudjet profitsiti – muayyan davrda byudjet daromadlarining 
byudjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi. 
Byudjet rospisi (ro‘yxat-yozuvi) – byudjet klassifikatsiyasining 
bo‘linmalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar taqsimlanishining asosiy 
operativ rejasi. Unda yil davomida soliqlar va boshqa to‘lovlarning 
byudjetga kelib tushish va byudjet mablag‘larining sarflanish muddatlari o‘z 
aksini topadi. 
Byudjetiy rejalashtirish – turli darajalardagi byudjetlar va nobyudjet 
fondlarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatning umummilliy sotsial-
iqtisodiy rivojlanish dasturi (ga) asosida (muvofiq ravishda) moliyaviy 


746 
avtomobillari, zebi-ziynat buyumlari, neft va neft mahsulotlari hamda shu 
kabilar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan aktsiz 
to‘lanadigan tovarlar uchun ularning qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga 
olinmagan holdagi (aksiz solig‘i summasini o‘z ichiga olgan) qiymati yoki 
mahsulotning tabiiy hajmi soliq solish obyekti hisoblanadi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling