Byudjet tashkiloti – zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan
bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan
mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy
manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkiloti.
Byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar – a) ijtimoiy: ijtimoiy
sug‘urta fondi; pensiya fondi; bandlik fondi; majburiy tibbiyot sug‘urtasi
fondi, b) noijtimoiy: yo‘l fondi; ekologiya va boshqa maqsadli fondlardan
iborat bo‘lib, ularning barchasi byudjet tizimida konsolidatsiyalanadi.
Byudjet tuzilmasi – byudjet tizimi tuzilishini tashkil etish va
prinsiplarini, uning tarkibiy tuzilmasini, ular alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlikni ifodalaydi. Davlat tuzilishi bilan aniqlanadi. O‘zbekston
Respublikasining byudjet tuzilmasi a) Davlat byudjeti; b) respublika byudjeti
hamda v) Qorqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o‘z
ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari jamlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining
respublika
byudjetini
hamda
respublikaga
(Qoraqalpog‘istonga)
bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini, viloyatning byudjeti
viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar
byudjetlarini, tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini
va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetini, tumanga bo‘ysunuvchi
shag‘arlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetini va tumanga
bo‘ysunuvchi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi.
Byudjet tizimi – turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag‘lari
oluvchilar yig‘indisini, byudjetlarni tashkil etishni va ularni tuzish
prinsiplarini, byudjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek byudjetlar hamda
byudjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro
munosabatlarni ifodalaydi. Mamlakatning butun hududida amal qiladigan,
iqtisodiy munosabatlar va yuridik normalarga asoslangan barcha
byudjetlarning majmui. Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |