Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish – davlat tomonidan 
xorijdan va ichki mablag‘ni jalb qilish, respublika byudjeti mablag‘larining 
moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunga muvofiq boshqa manbalar 
hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat 
byudjeti 
mablag‘larini 
byudjetlar 
o‘rtasida 
qayta 
taqsimlash – 1) quyi byudjetlarga yuqori byudjetlardan byudjet 
subventsiyalari va dotatsiyalari berish; 2) byudjet ijrosi jarayonida paydo 
bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni yuqori byudjetdan quyi 
byudjetga, shuningdek, quyi byudjetdan yuqori byudjetga yo‘naltirish; 3) 
byudjet ssudalarini ajratish bilan qayta taqsimlanadi. Respublika 
byudjetidan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlariga 
tasdiqlangan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlaridan byudjet 
subventsiyalari va dotatsiyalari tumanlar hamda shaharlar byudjetlariga 
tegishli 
tasdiqlangan 
byudjetlar 
doirasida 
ajratilishi 
mumkin. 
767 
ko‘rinishlari bozori. Birlamchi moliyaviy bozorda yangi qimmatli qog‘ozlar 
chiqariladi, ikkilamchi moliyaviy bozorda esa, oldin chiqarilgan qimmatli 
qog‘ozlarning qayta sotilishi sodir etiladi. 
Moliyaviy nazorat - moliyaviy boshqaruv tizimining elementlaridan 
biri, barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, hududiy-ma’muriy bo‘linmalar, 
korxona va tashkilotlar) moliyaviy faoliyati moliyaviy-xo‘jalik qonunchiligiga 
rioya etilishi, amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqli, 
moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining iqtisodiy samaradorligi ustidan amalga 
oshiriladigan qiymatiy nazoratning alohida sohasi. 
Moliyaviy mexanizm – moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning 
davlat tomonidan o‘rnatilgan shakllari, turlari va metodlari tizimi. Davlat 
tomonidan tartibga solishning darajasiga bog‘liq ravishda ikkiga bo‘linadi: 
direktiv moliyaviy mexanizm va tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm. 
Direktiv moliyaviy mexanizm davlat bevosita ishtirok etadigan munosabatlar 
(soliqlar, davlat krediti, byudjet jarayoni va boshqalar) bilan bog‘langan. 
Tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm esa, davlatning manfaatlariga 
to‘g‘rida-to‘g‘ri ta’sir etmaydigan moliyaviy munosabatlardan (masalan, 
korxona ichki-xo‘jalik faoliyatini tashkil etish) foydalanishning asosiy 
yo‘nalishlarini belgilab (aniqlab) beradi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling