Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gerb solig‘i
- Davlat byudjeti tuzilmasi
G
Grant – innovatsion xarakterdagi ishlarni maqsadli-imtiyozli moliyalashtirish. Soliqqa tortish maqsadlari uchun “grant” atamasi ishlatilganda xorijiy xayriya tashkilot (fond)lari tomonidan korxona va tashkilotlarga pul yoki natural shaklda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini, o‘qitish, davolash va boshqa shunga o‘xshash maqsadlarni amalga oshirish uchun ulardan foydalanilganligi to‘g‘risida hisobot berish sharti bilan beriladigan mablag‘lar tushuniladi. Gerb solig‘i – turli xildagi tadbirkorlik bitimlari, kompaniyalarni qayd etish yoki uning aksionerlik kapitalini oshirish, ijara to‘g‘risidagi shartnoma va boshqalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlar uchun soliq. D Davlat byudjeti – davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlash-tirilgan fondi, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Qonun kuchiga ega bo‘lgan davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Davlat hokimiyatining qonunchilik organi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat pul mablag‘lari markazlashtirilgan fondini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi iqtisodiy (pul) munosabatlar(i)ni ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy quroli. Asosiy funksiyalari 1) mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini taqsimlash; 2) iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish; 3) davlatning sotsial siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; 4) pul mablag‘larining shakllantirilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish. Davlat byudjeti tuzilmasi – respublika byudjetini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining Respublika byudjetini hamda tumanlar va respublikaga (Qoraqalpog‘istonga) bo‘ysunuvchi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga olsa, viloyat byudjeti esa viloyat byudjetini, tumanlar va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iboratdir. Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetini va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling