Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- London klubi
- Davlat valyuta monopoliyasi
Litsenziya – u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo‘jalik ishlab chiqarish
va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma’lum bir turi va miqdorini eksport yoki import qilish, olish kirish, olib chiqish yoki o‘tkazib ketishga davlat yoki mahalliy boshqaruv organlarining rasmiy ruxsati (roziligi). Savdo qilish huquqi yoki lotereya va mahalliy auktsionlarni o‘tkazish uchun litsenziya uch nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa ijarachiga (o‘tkazuvchiga, shug‘ullanuvchiga) beriladi, ikkinchisi tuman soliq inspektsiyasiga yo‘llanadi, uchinchi nusxa esa tegishli qaror, xat va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda tuman yoki shahar ma’muriyatining ish jildida saqlanadi. Litsenziya olish uchun murojaat etayotgan jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanliklari to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lishlari shart. London klubi - o‘z hukumatlarining kafolatlarisiz SSSRga ssuda taqdim etgan 600 yirik g‘arb bank-kreditorlarning birlashmasi. 1996 yilda Rossiya va London klubi o‘rtasida kelishuvga erishilgan bo‘lib, unga muvofiq 32 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi Rossiyaning tashqi qarzi (shundan, 25 mlrd. AQSh dollari – asosiy qarz, 7 mlrd. AQSh dollari esa – asosiy qarz bo‘yicha to‘lanmagan foizlar) muddatidan oldin restrukturizatsiya qilingan va unga ko‘ra, bu qarz navbatdagi 25 yilga qayta rasmiylashtirilgan va 5 yillik imtiyozli davr taqdim etilgan edi. M Mahalliy byudjet – Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida 757 Davlat valyuta monopoliyasi – valyuta boyliklari (valyutaviy boyliklar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish yoki operatsiyalarni amalga oshirishni ma’lum organlar, korxonalar, firmalar zimmasiga o‘tkazishga ruxsat berish, valyutaviy mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilash bo‘yicha davlatning tanho huquqi. Valyuta operatsiyalarini reglamentatsiya (tartibga solib turish) qilishni, valyutaviy mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishni va ularning qo‘llanilish samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rishni taqoza etadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling