Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya


Kafolat fondi – davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga 
oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlaridan kelib chiquvchi 
to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni jamlashga shart-sharoit 
yaratish maqsadida respublika byudjeti tarkibida tuziladigan fond. 
Korxonalarning 
davlat 
reestri 
– 
soliq 
to‘lovchilarni 
soliq 
inspektsiyasida hisobga olish uchun qo‘llaniladi va xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarni identifikatsiyalashtirishni ta’minlaydi. 
Ko‘chmas mulk - er bilan mustahkam bog‘liq bo‘lgan er maydonlari, 
alohidalashtirilgan suv obyektlari, o‘rmonlar, ko‘p yillik o‘simliklar, binolar, 
inshootlardan 
iborat. 
Ularning 
ko‘chirilishi 
shu 
narsalarning 
mo‘ljallanganligiga zarar yetkazadi. Ko‘chmas mulkning tarkibiga davlat 
qaydidan o‘tgan havo va dengiz kemalari, kosmik obyektlar ham kiradi. 
Ko‘chmas mulkning asosiy belgisi sifatida er hisobga olinadi. Qonun 
bo‘yicha ko‘chmas mulkning tarkibiga boshqa mulklar, masalan, korxona 
yoki xonadonlar ham kiritilishi mumkin. 
Korxona mulki – asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va ishlab 
chiqarish zaxiralarining yig‘indisidan iborat. Uning tarkibiga: materiallar, 
tayyor mahsulot, kelgusi davr xarajatlari, hisobot davrida (kunida) mahsulot 
tannarxi tarkibiga kiritilmagan, lekin amalga oshirilgan ishlab chiqarish 
xarajatlari, qoldiq mahsulotlarning muomala xarajatlari va ortib jo‘natilgan 
mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqalar kiradi. 
Soliqqa tortish bazasi (asosi) hisoblanayotgan paytda asosiy vositalar, 
nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiradigan predmetlarning 
qiymatidan eskirish summasi chiqarib tashlanadi. 
Kvota – 1) tegishli bitim doirasida milliy yoki xalqaro birlashma 
ishtirokchilarining ishlab chiqarish yoki sotishda ishtirok etish hissasi; 2) 
xalqaro iqtisodiy yoki moliya-valyutaviy tashkilotning ustav fondi yoki 
kapitalida mamlakatning badali; 3) soliqqa tortish birligidan olinadigan 
soliqning stavkasi (absolyut ifodada yoki hissa ko‘rinishida); 4) nimaningdir 
qismi, hissasi, normasi (me’yori), miqdoriy cheklanishlar. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling