Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq - bu soliqni O‘zbekiston
Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olishni, shuningdek, foydali
qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlari qurish va
ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar
to‘laydilar. Uning obyekti bo‘lib foydali qazilmalar qazib olish hajmi,
texnogen hosilalarning hajmi, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq
bo‘lmagan er osti inshootlari hajmi, rangli toshlar xom ashyosi,
paleontologiya qoldiqlari va boshqa geologik kollektsiya materiallari
namunalarini to‘plash uchun berib qo‘yilgan er qa’ri uchastkasi maydoni
hisoblanadi.
Soliqning
stavkasi
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Yerning normativ bahosi - hisobli qoplash muddati davomida
olinishi lozim bo‘lgan potentsial daromaddan kelib chiqqan holda ma’lum
sifatdagi va joydagi yer uchastkasining qiymatini ifodalaydigan ko‘rsatkich.
Erni mulk sifatida berish uchun, unga nisbatan jamoa-hissali mulkni
o‘rnatish uchun, meros sifatida berish, taqdim etish, bank kreditini olish
uchun yer uchastkasidan garov sifatida foydalanilganda er munosabatlarini
iqtisodiy tartibga solishni ta’minlash uchun joriy etilgan. Odatda erning
normativ bahosi er maydoni birligiga to‘g‘ri keluvchi yer solig‘ining 50
martalik hajmi miqdorida o‘rnatiladi. Bu baho hisoblanayotgan paytda yer
solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar inobatga olinmaydi.
Yer uchun ijara haqi - uning hajmi (o‘lchami), shartlari va o‘tkazish
muddatlari shartnomaga muvofiq o‘rnatiladi. Qishloq xo‘jaligi maqsadlariga
mo‘ljallangan
erlar
ijaraga
olinganda
uning
miqdori
ijaralangan
uchastkalardan olinadigan yer solig‘ining summasidan oshmasligi kerak. Er
uchun ijara haqi alohida yoki butun ijaraga olingan mulkning ijara haqi
tarkibida ham olinishi mumkin. Lekin bu holda ham er uchun ijara haqi,
albatta, mahalliy byudjetning daromadiga o‘tkazilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |