Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq - bu soliqni O‘zbekiston 
Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olishni, shuningdek, foydali 
qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlari qurish va 
ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar 
to‘laydilar. Uning obyekti bo‘lib foydali qazilmalar qazib olish hajmi
texnogen hosilalarning hajmi, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan er osti inshootlari hajmi, rangli toshlar xom ashyosi
paleontologiya qoldiqlari va boshqa geologik kollektsiya materiallari 
namunalarini to‘plash uchun berib qo‘yilgan er qa’ri uchastkasi maydoni 
hisoblanadi. 
Soliqning 
stavkasi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Yerning normativ bahosi - hisobli qoplash muddati davomida 
olinishi lozim bo‘lgan potentsial daromaddan kelib chiqqan holda ma’lum 
sifatdagi va joydagi yer uchastkasining qiymatini ifodalaydigan ko‘rsatkich. 
Erni mulk sifatida berish uchun, unga nisbatan jamoa-hissali mulkni 
o‘rnatish uchun, meros sifatida berish, taqdim etish, bank kreditini olish 
uchun yer uchastkasidan garov sifatida foydalanilganda er munosabatlarini 
iqtisodiy tartibga solishni ta’minlash uchun joriy etilgan. Odatda erning 
normativ bahosi er maydoni birligiga to‘g‘ri keluvchi yer solig‘ining 50 
martalik hajmi miqdorida o‘rnatiladi. Bu baho hisoblanayotgan paytda yer 
solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar inobatga olinmaydi. 
Yer uchun ijara haqi - uning hajmi (o‘lchami), shartlari va o‘tkazish 
muddatlari shartnomaga muvofiq o‘rnatiladi. Qishloq xo‘jaligi maqsadlariga 
mo‘ljallangan 
erlar 
ijaraga 
olinganda 
uning 
miqdori 
ijaralangan 
uchastkalardan olinadigan yer solig‘ining summasidan oshmasligi kerak. Er 
uchun ijara haqi alohida yoki butun ijaraga olingan mulkning ijara haqi 
tarkibida ham olinishi mumkin. Lekin bu holda ham er uchun ijara haqi, 
albatta, mahalliy byudjetning daromadiga o‘tkazilishi kerak. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling