Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Korporatsiyalarning daromadidan olinadigan soliq


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Korporatsiyalarning daromadidan olinadigan soliq – daromad 
solig‘i va foyda solig‘ining (ayrim mamlakatlarda) o‘rniga barcha 
kompaniyalarning foydasidan qat’iy foizda olinadigan soliq. Barcha 
korporativ organ va nokorporativ assotsiatsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi. 
Taqsimlanadigan dividendlar summalaridan ham soliq olishni taqoza etadi. 
Kasb solig‘i (kasbiy soliq) – mahalliy hokimiyat organlari tomonidan 
tadbirkorlik faoliyatining barcha turlaridan har yili olinadigan to‘g‘ri 
(bevosita) soliqlardan biri. Masalan, Fransiyada kasb solig‘i (kasbiy 
soliq)ning stavkasini hisoblashda baza sifatida ko‘chmas mulk ijarasining 
qiymati, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan barcha asbob-uskunalarning 
qiymati (subyektning o‘z mulkimi yoki ijaraga olganmi, bundan qat’iy nazar), 
ish haqi fondining qiymati va boshqalar xizmat qiladi. Kasb solig‘i (kasbiy 


762 
oladi: 1) korxonaning umumiy yillik oborotni soliqqa tortish (odatda 
1,0%dan 2,5% gacha); 2) ish haqi fondini soliqqa tortish. 
Ish haqi solig‘i – yuridik shaxslardan ish haqi xarajatlariga nisbatan 
va xodimlarning ish haqidan ma’lum foizda olinadigan soliq. 
Import-eksport solig‘i – soliqqa tortishning ko‘rinishlaridan biri; 
tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi (chorasi). Soliqqa 
tortish obyekti bo‘lib belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada hisoblangan 
tovarlarning boj qiymati yoki og‘irlik va miqdor birliklarida ifodalangan 
tovarlarning soni hisoblanadi. 
Iste’mol solig‘i – bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad 
sarf qilinayotgan paytda olinadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsizlar ana 
shunday soliq tarkibiga kiradi. Bojxona bojlarini ham iste’mol soliqlari 
qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat foydasiga olinsa
boshqa birovlari mahalliy byudjetlarga borib tushadi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling