Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


J  Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya


Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar - daromad solig‘i, 
fuqarolarning mulkidan olinadigan soliqlar (transport vositalari solig‘i, mol-
mulk solig‘i, uy-joy solig‘i, meros tariqasida o‘tadigan mulkdan olinadigan 
soliq va boshqalar), tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy 


760 
shaxslardan olinadigan qayd etish yig‘imi, boshqa soliq, yig‘im va 
to‘lovlardan iborat.
Jismoniy 
shaxslarning 
daromadiga 
solinadigan 
soliq 
– 
umumdavlat soliqlarining tarkibiga kirib, byudjet daromadlarining muhim 
manbalaridan biri hisoblanadi. Moliya yilida soliq solinadigan daromadga 
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar bu soliqning to‘lovchilari hisoblanadi. Soliq 
progressiv xaraktyerga ega. U quyidagi shakllarda to‘lanishi mumkin: 
daromad manbaidan, ya’ni asosiy ish joyidan va boshqa ish 
beruvchilardan; agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa va 
qonuniy tarzda belgilangan daromadning yillik summasidan oshsa, 
daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya ko‘rinishida; tadbirkorlik faoliyatidan 
olinadigan daromadni soliqqa tortish shaklida. Jami yillik daromad bilan 
qonunda belgilangan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq 
solinadigan daromad soliqqa tortish obyektidir. Jismoniy shaxslarning jami 
yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga 
olgan pul yoki boshqa mablag‘lar, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash 
shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi va 
jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromad 
kiradi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan mahalliy soliqlar – er uchun 
to‘lovlar (yer solig‘i, er uchun ijara haqi), reklama solig‘i, mahalliy yig‘imlar 
(birjada amalga oshirilgan bitimlar bo‘yicha yig‘im, mahalliy auktsion va 
lotereya o‘yinlarini o‘tkazish huquqi uchun litsenziya yig‘imi, savdo qilish 
huquqi uchun yig‘im va boshqa maqsadli yig‘imlar)dan iborat. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling