Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Daromadiy (daromadli) soliqqa tortish
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dempingga qarshi bojxona bojlari
- Yer solig‘i
Daromadiy (daromadli) soliqqa tortish – daromadlarning olinish
vaqtida undiriladigan daromad soliqlari tizimi. Daromadlardan olinadigan soliq – foyda solig‘idan tashqari aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘izlar bo‘yicha (davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha olingan daromadlardan tashqari) olingan dividendlar va foizlardan, kazinolar, videosalonlarning daromadlaridan, o‘yin avtomatlarining daromadlaridan, ommaviy kontsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan olingan daromadlardan korxona va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi. Dividendlar – taqsimlashga mo‘ljallangan aksionerlarning sof foydasi (daromadi); aksionerlik jamiyati yoki korxona sof foydasidan har bir aksiya uchun aksionerlarga ma’lum davrdan so‘ng (har yili, ayrim hollarda – har chorakda) to‘lanadigan daromad. Dotatsiya – davlat byudjetidan qaytarilmaydigan tartibda beriladigan pul mablag‘lari, zarar (ziyon)larni qoplash uchun korxona va tashkilotlarga beriladigan davlat nafaqalari. Zarar (ziyon)lar korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vujudga kelgan paytda istisno tariqasida dotatsiya berilishi mumkin. Dempingga qarshi bojxona bojlari – mahsulotni chiqarayotgan mamlakatdagi tovarlarning qiymatidan shu tovarlar olib kirilayotgan mamlakatda shu tovarlarning bahosi past bo‘lsa, bu narsa mamlakat o‘z ishlab chiqaruvchilariga moddiy zarar yetkazish xavfini tug‘dirsa yoki shunga o‘xshash tovarlarni mamlakat doirasida ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin bo‘lsa joriy etiladi. E Yer uchun to‘lovlarning shakllari – yer solig‘i, ijara haqi va yerning normativ bahosidan iborat. Erning egalari, erning mulkdorlari va yerdan foydalanuvchilar yillik yer solig‘iga tortiladi. Ijaraga berilgan yer uchun ijara haqi olinadi. Qonunda ko‘zda tutilgan hollarda sotib olish va bankdan kredit olish uchun garov sifatida yerdan foydalanilganda erning nomativ bahosi belgilanadi (o‘rnatiladi). Yer solig‘i – yer egalari, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar to‘laydigan soliq. Uning miqdori yer egalari, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar xo‘jalik faoliyatining natijalariga bog‘liq bo‘lmasdan, balki bir yil uchun er birligiga nisbatan barqaror to‘lovlar ko‘rinishida o‘rnatiladi. O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bu soliqning to‘lovchilaridir. Soliqning stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yer solig‘i yuridik shaxslar tomonidan 763 Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling