Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya – o‘tgan davr mobaynida 
olingan daromadlar, mulklar va ularga tegishli bo‘lgan soliq chegirmalari 
hamda imtiyozlari to‘g‘risida soliq to‘lovchining rasmiy arizasi. Jismoniy 
shaxslarni soliqqa tortishda asosiy moliyaviy hujjat bo‘lib, ulardan 
olinadigan daromad solig‘ining hajmini aniqlash uchun fuqarolarning 
daromadlari unda qayd etiladi. 
Daromad solig‘ining shedulyar shaklidaromadning manbaini 
inobatga olgan holda uning qismlarga (shedullarga) bo‘linishini taqoza 
etadi. Dastlab, Buyuk Britaniya soliq tizimida qabul qilingan. Unga ko‘ra har 
bir shedul o‘ziga xos tarzda soliqqa tortiladi. Bunday tartib daromadni 
o‘zining manbai oldida “tutish”ni maqsad qilib qo‘yadi. Mamlakatda bu 
sohada oltita shedul amal qilib, ularning ayrimlari yana ichki taqsimlanishga 
ham ega. Masalan, “A” shedul o‘z tarkibiga mulkdan olinadigan 
daromadlarni (yerga mulkchilikdan, bino va inshootlarga egalikdan, uy yoki 
xonani ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni), “V” shedul tijoriy 
maqsadlar uchun foydalaniladigan o‘rmon massivlaridan olinadigan 
daromadlarni, “S” shedul davlat qimmatbaho qog‘ozlaridan olinadigan 
daromadlarni, “D” shedul tijoriy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigaen 
daromadlarni (bu shedulning tarkibiga daromadlarning juda ko‘p turlari 
kirganligi uchun uning o‘zi yana olti qismga bo‘linadi), “E” shedul ish haqi, 
pensiya, nafaqa va boshqa mehnat daromadlarini va nihoyat, “F” shedul 
Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan to‘lanadigan dividendlar va 
boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. 
Daromad solig‘i bo‘yicha jarimalar – ushbu soliq to‘lanmaganda, 
noto‘liq to‘langanda yoki to‘lash tartibi buzilganda (rioya qilinmaganda), 
pulni undirish, moddiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat. O‘z vaqtida ushlab 
qolinmagan, noto‘liq ushlangan yoki tegishli byudjetga o‘tkazilmagan soliq 
summalari jismoniy shaxslarga daromad to‘laydigan korxona, tashkilot va 
muassasalardan undirishga mo‘ljallangan summaning 10% hajmidagi 
jarimani birgalikda qo‘shib, soliq organlari tomonidan so‘zsiz undirib olinadi. 
Korxona, tashkilot, muassasalar va tadbirkor sifatida qayddan o‘tgan 
jismoniy shaxslardan soliq o‘z vaqtida tegishli byudjetga o‘tkazilmasa, har 
bir kechiktirilgan kun uchun to‘lov muddatidan keyingi kundan boshlab 
to‘langan kungacha (bu kun ham qo‘shiladi) 0,5% miqdorida penya 


758 
undiriladi. Penyaning undirilishi ularni javobgarlikning boshqa turlaridan 
ozod etmaydi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling