Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Davlat tashqi qarzi – davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish 
natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining 
yig‘indisi. 
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish – aktivlarni ichki 
manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda 
buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki 
qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil 
sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishi. 
Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilishaktivlarni xorij 
manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va 
xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston 
Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning 
o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlarining 
vujudga kelishi. 
Davlat tomonidan (ichki va xorijdan) mablag‘ jalb qilish – 
quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: 1) iqtisodiyotni 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya 
dasturlarini moliyalashtirish; 2) Davlat byudjeti daromadlari bilan xarajatlari 
o‘rtasida tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik 
ichki tafovutni to‘g‘rilash; 3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish; 4) byudjet 
defitsitini moliyalashtirish; 5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar 
tufayli mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash. Davlat tomonidan ichki va 
xorijdan mablag‘ jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan 
foydalanish mumkin: 1) qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan davrga 
chiqariladigan), o‘rtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan davrga 
chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) 
davlat qimmatli qog‘ozlari; 2) kreditlar (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli); 3) 
O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari; 4) byudjet daromadlari bilan 
xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli 
ssudalar; 5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar. Davlat 
tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishga hamda davlat qarzi 
ko‘payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga 
oshiriladi. 
765 
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori 
nazarda tutiladi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling