Davlat tashqi qarzi – davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish
natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining
yig‘indisi.
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish – aktivlarni ichki
manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda
buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki
qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil
sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishi.
Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish – aktivlarni xorij
manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va
xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston
Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning
o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlarining
vujudga kelishi.
Davlat tomonidan (ichki va xorijdan) mablag‘ jalb qilish –
quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: 1) iqtisodiyotni
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya
dasturlarini moliyalashtirish; 2) Davlat byudjeti daromadlari bilan xarajatlari
o‘rtasida tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik
ichki tafovutni to‘g‘rilash; 3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish; 4) byudjet
defitsitini moliyalashtirish; 5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar
tufayli mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash. Davlat tomonidan ichki va
xorijdan mablag‘ jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan
foydalanish mumkin: 1) qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan davrga
chiqariladigan), o‘rtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan davrga
chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan)
davlat qimmatli qog‘ozlari; 2) kreditlar (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli); 3)
O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari; 4) byudjet daromadlari bilan
xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli
ssudalar; 5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar. Davlat
tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishga hamda davlat qarzi
ko‘payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga
oshiriladi.
765
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori
nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |