Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Moliyaviy apparat – moliyaviy boshqaruvni amalga oshiruvchi 
organlar. O‘zbekistonda ularning tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining 
Oliy majlisi va uning ikki (Senat va Qonunchilik) palatalari, O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona 
qo‘mitasi va ularning joylardagi quyi organlari, turli mulkchilik shakllaridagi 
korxonalarda moliyani operativ boshqarish funksiyasini amalga oshiruvchi 
moliyaviy bo‘limlar va boshqarmalar va h.k.lar kiradi. 
Moliyaviy bozor – qisqa, o‘rta va uzoq muddatli kreditlar hamda fond 
qimmatlari, ya’ni, aksiyalar obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarning boshqa 
755 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetida va mahalliy byudjetlarda paydo 
bo‘ladigan daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik xazinaviy uzilish 
naqd pul aylanishi, yuqori byudjetlarga beriladigan byudjet ssudalari, 
foydalanilmagan byudjet mablag‘lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
byudjetida, viloyatlar va Tashkent shahri byudjetlarida nazarda tutilgan 
ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi byudjetlar hisobiga 
kiritiladigan daromadlarni respublika byudjetiga o‘tkazishi mumkin. 
Davlat boji – yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir 
etganligi yoki vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan tegishli 
hujjatlari 
berilganligi 
uchun 
olinadigan 
majburiy 
to‘lov. 
Turli 
instantsiyalardagi sudlarga berilgan ariza va shikoyatlar, notarial 
harakatlarning sodir etilganligi, fuqarolik holati aktining davlat qaydidan 
o‘tkazilganligi va tegishli organlar tomonidan hujjatlarning berilganligi uchun 
davlat boji olinadi. Uning miqdori yuridik harakat va beriladigan hujjatlarning 
xarakteriga bog‘liq. 
Davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ 
jalb 
qilish 
natijasida 
vujudga 
kelgan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
majburiyatlarining yig‘indisi. Bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, 
yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar. Bunda 
davlat qarz oluvchi sifatida maydonga chiqadi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling