Maqsadli byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar - qarang:
Byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar.
Maqsadli xorijiy kredit - loyihalarning maqsadlariga muvofiq
ravishda tovarlar, ishlar va xizmatlarning haqini to‘lash yo‘li bilan
mablag‘larni xorijiy valyutada qaytarilish va tiklash asosida taqdim etilishini
ko‘zda tutgan holda hukumatning tashqi qarz olish Davlat dasturiga
kiritilgan loyihalarini moliyalashtirish shakli. Ular xorijiy davlatlarning
hukumatlari, banklari va firmalarining kreditlariga bog‘langan kreditlarni va
xalqaro moliyaviy tashkilotlarning nomoliyaviy kreditlarini o‘ziga qamrab
oladi.
Ma’muriy javobgarlik – ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi
uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar javobgarligining shakllaridan biri.
Moliya – davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish hamda
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni yaratish maqsadida
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini
shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga
keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Moliya yili - birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha
bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr.
Moliyaviy tizim – davlat va korxonalar pul mablag‘lari fondlarini
shakllantirish, taqsimlash va foydalanish shakllari va metodlari tizimi.
Moliyaning funksiyalari – moliya mohiyatining amalda namoyon
bo‘lishi. Uning taqsimlash va nazorat funktsilari mavjud.
Moliyaviy resurslar – davlat va korxonalar pul mablag‘lari maqsadli
fondlarining majmui. Ular o‘sishining asosiy sharti milliy daromadning
ko‘payishidir. Mamlakatning moliyaviy resurslari Iqtisodiyot vazirligi
tomonidan tuziladigan yig‘ma moliyaviy balansda o‘z ifodasini topadi. U o‘z
ichiga davlat byudjet tizimi, hukumatning nobyudjet fondlari va turli
mulkchilik shaklidagi korxonalarning (amortizatsiya va ularning ixtiyoriga
qoladigan foyda summasi) resurslarini qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |