764
soliq)ning summasi asos raqamlari va mahalliy hokimiyat organlari
tomonidan belgilanadigan koeffitsiyent asosida hisoblanadi. Bunda uning
summasi korxonada yangidan yaratilgan mahsulotning ma’lum
bir foizidan
(masalan, 5%) oshmasligi lozim.
Kvotativ soliqlar – daromad yoki mulk qiymatining puldagi ifodasiga
nisbatan foizlarda o‘rnatiladigan soliqlar.
Kontingentlashtirilgan soliqlar – umumiy summasi oldindan
o‘rnatiladigan va so‘ng ma’muriy birliklardan
tortib to alohida soliq
to‘lovchilar o‘rtasida taqsimlanadigan soliqlar.
L
Lizing – moliya-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib,
korxonalar tomonidan mashina, asbob-uskuna va shunga o‘xshashlarni
uzoq muddatli ijaraga olinishini anglatadi. Lizingda uning obyektlari odatda
(lekin majburiy tartibda emas) ijaraga beruvchi korxonaning balansidan
ijaraga oluvchi korxonaning balansiga pirovardida o‘tkaziladi.
Bu tartibdagi
bitimlar ijarachi korxona uchun foydali hisoblanib, ular moliyaviy zarar
ko‘rmaydilar va, odatda, soliq va amortizatsiya imtiyozlariga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: