760
shaxslardan olinadigan qayd etish yig‘imi,
boshqa soliq, yig‘im va
to‘lovlardan iborat.
Jismoniy
shaxslarning
daromadiga
solinadigan
soliq
–
umumdavlat soliqlarining tarkibiga kirib, byudjet daromadlarining muhim
manbalaridan biri hisoblanadi. Moliya yilida
soliq solinadigan daromadga
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar bu soliqning to‘lovchilari hisoblanadi. Soliq
progressiv xaraktyerga ega. U quyidagi shakllarda to‘lanishi mumkin:
daromad manbaidan, ya’ni asosiy
ish joyidan va boshqa ish
beruvchilardan; agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa va
qonuniy tarzda belgilangan daromadning yillik summasidan oshsa,
daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya ko‘rinishida;
tadbirkorlik faoliyatidan
olinadigan daromadni soliqqa tortish shaklida. Jami yillik daromad bilan
qonunda belgilangan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq
solinadigan daromad soliqqa tortish obyektidir. Jismoniy shaxslarning jami
yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan (olgan)
yoki tekinga
olgan pul yoki boshqa mablag‘lar, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash
shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi va
jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromad
kiradi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mahalliy soliqlar – er uchun
to‘lovlar (yer solig‘i, er uchun ijara haqi), reklama solig‘i, mahalliy yig‘imlar
(birjada amalga oshirilgan bitimlar bo‘yicha yig‘im, mahalliy auktsion va
lotereya o‘yinlarini o‘tkazish huquqi uchun litsenziya yig‘imi,
savdo qilish
huquqi uchun yig‘im va boshqa maqsadli yig‘imlar)dan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: