Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Jon solig‘i – har bir soliq to‘lovchidan teng summalarda olinadigan  soliq.  Z


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Jon solig‘i – har bir soliq to‘lovchidan teng summalarda olinadigan 
soliq. 

Zararlar – fuqarolik huquqida qonunga xilof harakatlar tufayli bir 
shaxs (yuridik yoki jismoniy) tomonidan ikkinchi shaxsga (yuridik yoki 
jismoniy) etkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli. Zararlar mahsulot, 
ish, xizmatlarni sotishdan, tabiiy ofatlar, debitorlik qarzlarni talab qilib 
olmasdan voz kechishdan, to‘liq amortizatsiya qilinmagan asosiy fondlarga 
barham berishdan va boshqalardan vujudga kelishi mumkin. Mahsulot, ish 
va xizmatlarning bahosi ularning to‘liq tannarxidan past bo‘lganda ham 
zararlar paydo bo‘ladi. 

Ikki marta soliqqa tortish – 1) soliqlarni daromad (kapital)ning 
yagona manbaidan olinishi; 2) qo‘shma korxona xorijiy ishtirokchisining 
foydasini xorijga o‘tkazilayotgan paytda soliqqa tortish va xuddi shu foydani 
761 
xorijiy ishtirokchi mamlakatida soliqqa tortilishi; 3) sof foyda (daromad) 
(korporatsiyalar foydasi) va undan to‘lanadigan dividendlarni ular shaxsiy 
daromadga aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda 
to‘langan soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi 
soliqqa tortish manbaini ikkinchi mamlakatda soliqqa tortishdan ozod qilish 
yo‘li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutilish mumkin. 1979 yilda BMT 
tomonidan manfaatdor davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ikki marta 
soliqqa tortishga barham berish uchun maxsus konventsiya ishlab chiqilgan 
bo‘lib, uning asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi. Ular tomonidan 
o‘rnatilgan soliqqa tortish tartibiga ko‘ra qo‘shma korxona xorijiy 
ishtirokchisi o‘z foydasini xorijga o‘tkazayotgan paytda qo‘shimcha soliqdan 
ozod qilinadi. 
Investitsiyalar – yuridik jihatdan mustaqil bo‘lgan korxonaga uzoq 
muddat (bir yildan kam bo‘lmagan) davomida qo‘shimcha foyda olish, ta’sir 
etish doirasini sotib olish maqsadlarida yoki shu sohada o‘z faoliyatini 
tashkil qilgandan ko‘ra uni shunday qo‘yish (sarf etish) afzalroq bo‘lganligi 
uchun kapitalni joylashtirish. Foyda (daromad) olish va ijobiy ijtimoiy 
samaraga erishish maqsadida pul mablag‘lari, maqsadli bank omonatlari
aksiyalar va boshqa qimatbaho qig‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, 
asbob-uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, boshqa har xil mulklar yoki mulkiy 
huquqlar hamda intellektual boyliklarni tadbirkorlik va faoliyatning boshqa 
turlari obyektlariga qo‘yilishining barchasi investitsiyalar hisoblanadi. 
Investitsiyalarning moliyaviy, real, yalpi, sof, xususiy va davlat kabi turlari 
bo‘lishi mumkin. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling