Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Sotishdan olinadigan soliq


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Sotishdan olinadigan soliq – ayrim xorijiy mamlakatlarda (masalan, 
AQShning ayrim shtatlarida) qo‘llaniladi va iste’moldan olinadigan egri 
(bilvosita) soliqni o‘zida gavdalantiradi. Odatda, bu soliqqa iste’mol 
mahsulotlari (restoranlar bundan mustasno) tortilmaydi. 
Sekvestr – yilning oxirigacha qolgan vaqt davomida byudjetning 
barcha moddalari bo‘yicha (himoya qilinganlaridan tashqari) davlat 
xarajatlarini proportsional ravishda qisqartirish.
Sug‘urta – noqulay (tasodifiy) hodisalar va voqeliklar sodir bo‘lganda 
jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish va 
ularga nisbatan etkazilgan moddiy zararlarni qoplash (tiklash) uchun pul 
mablag‘larining maqsadli fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish 
bo‘yicha qayta taqsimlash munosabatlarining alohida sohasi. 
Sug‘urta shartnomasi – sug‘urtaning aniq bir turi shartlariga muvofiq 
o‘zaro majburiyatlarni tartibga soluvchi sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi 
o‘rtasidagi bitim (yuridik kelishuv). Sug‘urtalanuvchining yozma arizasiga 
muvofiq tuziladi, ayrim hollarda og‘zaki tuzilishiga ham yo‘l qo‘yiladi, 
sug‘urta obyekti to‘g‘risidagi zaruriy ma’lumotlarni (manzili, miqdoriy va sifat 
tavsifnomasi, ahvoli yoki holati va boshqalar) va sug‘urta riskini qabul 
qilishga sug‘urtalovchining roziligini o‘zida mujassam etishi kerak. 
Sug‘urta himoyasi - ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining turmush 
darajasiga nisbatan etkazilgan yuqotmalarga barham berish yoki ularni 
qoplash (tiklash) bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos taqsimlash va qayta 
taqsimlash munosabatlarining majmuini o‘zida mujassam etgan iqtisodiy 
kategoriya(keng ma’noda); konkret obyektlarga: moddiy boyliklar, hayot, 
sog‘lik, fuqarolarning mehnatga layoqatliligi va boshqalarga etkazilgan 
ziyonlarni tiklash va ularga barham berish borasidagi qayta taqsimlash 
munosabatlarining majmui (tor ma’noda). 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling