Soliqlarning turlari – O‘zbekiston hududida olinadigan umumdavlat
soliqlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlardan iborat. Umumdavlat soliqlarining
tarkibiga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsizlar,
er osti boshliqlaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mol-
mulk solig‘i, yer solig‘i, reklama solig‘i, avtotransport vositalarini sotganlik
uchun soliq, savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan, ayrim
turdagi mahsulotlarni sotish huquqini bueruvchi litsenziya yig‘imlari, yuridik
shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy
shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, avtotransport to‘xtash joyidan
foydalanganlik uchun yig‘im, obodonlashtirish ishlari uchun yig‘imlardan
iboratdir.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi
hamda to‘lanishi ustidan so‘nggi (navbatdagi, keyingi) nazorat - davlat
tomonidan soliq organlari yordamida ikki bosqichda amalga oshiriladi : a)
korxonalardan bo‘xgalteriya hisobotlari va soliq hisob-kitoblari qabul
qilinayotganda; b) bevosita korxonaning o‘zida boshlang‘ich buxgalteriya
hujjatlarini tekshirish yo‘li bilan.
Sotib olish solig‘i - davlat daromadlarini ko‘paytirish yoki ayrim
mahsulotlarni ishlab chiqarishni cheklab qo‘yish maqsadida mamlakatda
ishlab chiqarilayotgan ayrim mahsulotlardan olinadigan soliq. Odatda
eksportga mo‘ljallangan mahsulotlardan olinmaydi.
Sotish solig‘i – mahsulotlarning sotish qiymatiga nisbatan foizlarda
belgilanadigan va ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanadigan soliq.
Aktsizlarning ko‘rinishlaridan biri.
775
ustidan amalga oshiriladigan nazorat. Nazorat tekshiruv ishlarini amalga
oshirish davomida bevosita korxonaning o‘zida (hujjatli tekshiruv) yoki
korxona tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etiladigan va soliq
organi ixtiyoriga kelib tushadigan bank hujjatlari, buxgalteriya hisobotlari va
hisob-kitoblari asosida (kameral tekshiruv) amalga oshirilishi mumkin.
Korxonalar ustidan doimiy nazoratga soliq organlarida har bir soliq turi va
boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va kelib tushish ustidan operativ
buxgalteriya hisobini joriy etish orqali erishiladi.
Soliq krediti – mintaqaviy soliq organi tomonidan korxonaga
beriladigan va tegishli shartnoma bilan rasmiylashtiriladigan kredit. Odatda
investitsiyalar va innovatsion xarajatlarni amalga oshirish uchun
qaytaruvchanlik va haqlilik asosida beriladi. Qarang: Investitsion soliq
krediti.
Do'stlaringiz bilan baham: |