Soliqqa tortish normasi – soliqqa tortiladigan qiymatning haqiqiy
qiymatga nisbati.
Soliqqa tortish obyektlari – qonunga muvofiq foyda (daromad),
ma’lum bir mahsulotlar qiymati, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, mol-
mulkni berish (meros, hadya etish), qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha
operatsiyalar, faoliyatning ayrim turlari va boshqalardan iborat. Soliqqa
tortishning bir obyekti bir turdagi soliq bilan belgilangan muddatda (oy,
chorak, yarim yil, yil) bir marta soliqqa tortilishi mumkin.
Soliqqa tortish prinsiplari (tamoyillari) – soliq siyosatini amalga
oshirishni belgilab beradigan va soliqlar bo‘yicha byudjet topshiriqlarini
tuzish orqali realizatsiya qilinadigan mustahkam o‘rnashib qolgan qoidalar
yig‘indisi. Ularning eng muhimlari qatoriga quyidagilar kiradi: 1) adolatlilik.
Bu prinsip fuqarolar o‘rtasida ularning daromadlariga mos ravishda
soliqlarning bir tekis taqsimlanishini va soliqqa tortishning hammaga (eng
777
umumiyligini) tegishli ekanligini taqoza etadi; 2) aniqlilik. Bu prinsip
soliqning summasi, uni hisoblash tartibi (uslubi) va to‘lov vaqti soliq
to‘lovchiga oldindan aniq ma’lum bo‘lishi kerakligini talab qiladi; 3) qulaylilik.
Bu prinsip soliq to‘lovchilar uchun soliqning olinish uslubi (tartibi) va vaqti
eng qulay bo‘lishi kerakligini anglatadi; 4) iqtisod qilish, tejab tergash. Bu
prinsipning mazmuni soliqqa tortish tizimini oqilonalashtirish va soliqlarni
undirish xarajatlarini kamaytirishdan iboratdir. Vaqt o‘tishi bilan soliqqa
tortishning bu prinsiplari qatoriga soliqlarning harakatchanligi va etarliligini
ta’minlash (davlatning obyektiv ehtiyojlari va imkoniyatlariga muvofiq soliq
oshirilishi yoki qisqartirilishi (kamaytirilishi) mumkin), soliqqa tortishning
zaruriy manbasi va obyektini tanlash, soliqqa tortishning bir martaliligi kabi
prinsiplar ham qo‘shildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |