Soliqqa tortish nazariyalari – soliqqa tortish amaliyotini nazariy
jihatdan asoslashga urinish. Soliqqa tortish nazariyasi tarixida eng dolzarb
muammo sifatida quyidagi savollarning javobini izlab topish sanaladi:
Byudjet daromadlarini shakllantirishda sof fiskal usullardan foydalanish
maqsadga muvofiqmi yoki soliqlarni pasaytirish orqali tadbirkorlik faoliyatini
rag‘batlantirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish kerakmi? Bularning
qaysi biri afzal? Qaysi biri maqsadga muvofiq? va h.k.
Soliqlar
klassifikatsiyasi
–
soliqlarning
undirilish
uslubi,
qo‘llaniladigan stavkalarning xarakteri, soliq imtiyozlari, soliqqa tortish
manbai va obyekti kabi belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratilishi (bo‘linishi).
Belgilanish uslubiga ko‘ra soliqlar to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita)
soliqlarga bo‘linadi. Daromad solig‘i, foyda solig‘i, resurs to‘lovlari va mol-
mulk solig‘i kabilar to‘g‘ri (bevosita) soliqlardir. Egri (bilvosita) soliqlar
xo‘jalik aktlari va aylanmalari, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan
vujudga keladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i, boj to‘lovlari, aktsizlar,
qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va
boshqalar ana shular jumlasidandir. Soliqqa tortish manbalari bo‘yicha ham
soliqlar guruhlanadi: ishlab chiqarish xarajatlarining (tannarx)ning tarkibiga
kiruvchi, foyda (daromad)dan olinuvchi va boshqa soliqlar. Soliqqa tortish
obyektlari bo‘yicha soliqlar klassifikatsiya qilinganda ular quyidagi
guruhlarga bo‘linadi: mulk soliqlari, resurs soliqlari (yer solig‘i ham shu
guruhga kiradi), daromad yoki foyda solig‘i, harakat soliqlari (xo‘jalik aktlari,
moliyaviy operatsiyalar, realizatsiya bo‘yicha aylanmalar, ba’zi bir qolgan
soliqlar va bir martalik yig‘imlardan iborat bo‘lgan soliqlar.
Soliqlarning
funksiyalari
–
shu
iqtisodiy
kategoriyaning
daromadlarni qiymat jihatidan taqsimlash va qayta taqsimlash instrumenti
sifatida ijtimoiy mo‘ljallanganligining qay darajada amalga oshirila-
yotganligini ko‘rsatadi. Soliqlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: fiskal;
tartibga solish (rag‘batlantirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |