Ta’minot jarayoni auditi


Download 26.48 Kb.
bet1/10
Sana30.01.2024
Hajmi26.48 Kb.
#1808987
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta’minot jarayoni auditi

Ta’minot jarayoni auditi

Reja:

1.Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari

2.Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi

Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari

Auditorlik tekshiruvlarini yuqori sifatda o’tkazish maqsadida, auditor mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar auditining dasturini tayѐrlash uchun ichki nazorat vositalari mavjudligini tekshirishi va ushbu vositalarni samaradorlik nuqtai nazaridan baholashi lozim.

Auditorlik tekshiruvida ta’minot jaraѐniga xos bo’lgan ichki nazorat vositalarining samaradorligini baholash uch bosqichdan iborat:

1) ichki nazorat vositalarini dastlabki o’rganish;

2) ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazishni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun ulardan har birining ishonchliligini dastlabki baholash;

3) testdan o’tkazish natijalari asosida ichki nazorat vositalarining ishonchliligini yakuniy baholash.

Ushbu bosqichlardan ta’minot jaraѐnining ichki nazorat vositalarini dastlabki o’rganishning o’ziga xos xususiyatlarini alohida ko’rib chiqamiz. Ta’minot jaraѐnida auditning vazifasi ushbu jaraѐn ichki nazorat amallarini bajarishga jalb etilgan xodimlar tomonidan xatolarning oldini olish imkoniyatlarini baholashdan iborat.

Ta’minot jaraѐnida quyidagilar asosiy shartlar jumlasiga kiradi: xo’jalik sub’ektiga moddiy qiymatliklarning kelib tushishi, unga muvofiq rasmiylashtiriladigan shartnoma turi (etkazib berish, ayirboshlash, vositachilik va boshqalar); mol etkazib beruvchi ѐki pudratchilarning turi (mulkdor, kreditor, vositachi), yuridik maqomi (yuridik shaxs, jismoniy shaxs, xususiy tadbirkor va h.k.); etkazib berish turi (xaridor transporti bilan, sotuvchi transporti bilan, avtotransport korxonalari xizmatidan foydalanish); hisob-kitoblar tartibi. Moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun namunaviy shartnomalar bo’yicha asosiy shartlarga auditorlar tekshirilaѐtgan sub’ektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari bilan umumiy tanishib chiqish vaqtida aniqlik kiritadi.


Download 26.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling