Tamom bо‘lmagan jinoyatlar reja
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
Download 108.5 Kb.
|
TAMOM BО‘LMAGAN JINOYATLAR
4. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
О‘zR JK 26-moddasining 1-qismiga binoan, shaxs jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda tо‘xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda uning oldini olsa, bu hol jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Ushbu moddaning 2-qismiga kо‘ra, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi. Jinoyat kodeksi 26-moddasining 3-qismiga binoan, jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bо‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Qonunda berilgan mazkur ta’riflarga kо‘ra, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning quyidagi alomatlari (belgilari)ni ajratish mumkin: - shaxs tomonidan jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish harakatlarining yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarning tugatilishi yoxud jinoiy oqibat kelib chiqishining oldi olinishi; - jinoyat sodir etishning tamomila tugatilganligi; - ixtiyoriylik; - shaxs tomonidan jinoyatni tamomlash imkoniyatining anglanishi. Birinchi alomat muqobil xususiyatga ega bо‘lib, obyektiv tomondan jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishdan iborat bо‘lgan, shaxs xulq-atvorining quyidagi turlarini о‘z ichiga oladi: a) jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish harakatlarining tо‘xtatilishi; b) jinoyat sodir etishga suiqasd qilishdan tо‘xtash, ya’ni muayyan tarkibli jinoyatning obyektiv tarafini tashkil qiluvchi jinoiy harakat (harakatsizlik)ni amalga oshirishdan voz kechish; v) jinoiy oqibat kelib chiqishining oldini olish. Dastlabki ikki holda jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni tan olish uchun shaxsning о‘zi sodir etishi kerak bо‘lgan harakatlarni tо‘xtatishining о‘zi kifoY. Uchinchi holda shaxs jinoiy xatti-harakati oqibatida yuzaga kelgan sababiy bog‘lanishni tugatish uchun faol harakatlarni amalga oshirishi hamda jinoiy oqibat kelib chiqishining oldini olishi shart. Bundan kelib chiqqan holda, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ikki turini ajratish lozim. Birinchi tur jinoyat huquqi nazariyasida sust (passiv) deb belgilangan bо‘lib, shaxs tomonidan jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish yoxud shaxs jinoyatni nihoyasiga yetkazish imkoniyatini anglagan bо‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish harakatlarini tо‘xtatishdan iborat bо‘ladi. Ikkinchi tur faol (aktiv) bо‘lib, jinoyat sodir etilganidan sо‘ng shaxs jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan harakatlarni о‘z ichiga oladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ikkinchi turi hali yuzaga kelmagan jinoiy oqibatning oldini olishga qaratilgan harakatdan iborat bо‘ladi. Bu jinoiy qilmish va yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan jinoiy oqibat orasidagi vaqt oralig‘ida uzilish bо‘lgan yoxud shaxs avval sodir etgan xatti-harakati (harakatsizligi) hamda kelib chiqishi mumkin bо‘lgan jinoiy oqibat orasidagi sababiy bog‘lanish rivojini kuzatayotgan hamda uning rivojiga ta’sir kо‘rsata olgan hollarda bо‘lishi mumkin. Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling