Tan sihatlik tuman boylik
Miya. Chekuvchi o’smirlarda xotira zaiflashadi, chunki miyada kislorod yetishmasligi kuzatiladi. Ko’rish
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
3MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reproduktiv tizim
Miya. Chekuvchi o’smirlarda xotira zaiflashadi, chunki miyada kislorod
yetishmasligi kuzatiladi. Ko’rish. Chekish natijasida ko’rish buziladi, ranglar xiralashadi. Vaqt o’tishi bilan bu holat to’liq daltonizmga olib kelishi mumkin. Reproduktiv tizim. Hatto 20-25 yoshga kelib bu odatni tashlagan bo’lishsa ham, bu toifa shaxslar ko’proq bepushtlikka duchor bo’ladi. Ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig’lanishi og’irroq kechadi, erkaklar esa 1,5 marta ko’proq impotentsiyadan aziyat chekadi. Tamaki sabab inson saraton, insult, yurak-qon tomir va o’pka kasalliklari yoki diabetga uchrashi mumkin. Yuqumli bo’lmagan bu xastaliklar yoshi 70 ga yetmaganlarning yiliga 16 million nafarini hayotdan olib ketadi. Tamaki va o’pka kasalliklariga qarshi kurash xalqaro ittifoqi vakili, doktor Ehson Latifga ko'ra, chekadiganlar soni oshgan sari bunday kasalliklar ham ko’payaveradi. Tamaki mahsulotlarining asosiy bozori – rivojlanayotgan mamlakatlar. Demak, yuqorida aytilgan kasalliklar ham aynan shu jamiyatlarda keng tarqalmoqda. Xo’sh, nima sababdan aynan kambag’al va o’rtahol o’lkalarda tamakiga qiziqish katta? Axir buning zararini hamma yaxshi biladi-ku! “Taqiqlovchi qonunlar yo’q, odamlar zarari haqida yaxshi xabardor emas, - deydi doktor Latif, - Hukumatlar chora ko’rish kerakligini tushunadi, ammo ularning urinishlariga kuchli tamaki sanoati to’g’anoq bo’lmoqda”. Tamaki mahsulotiga solinadigan soliqlar oshirilsa, hukumatlar foyda ko’radi, degan gap asossiz, deydi tanqidchilar. Olinadigan daromaddan odamlar salomatligiga yetadigan zarar kattaroq. “O’smirlar, yoshlar orasida chekish hollari ko’p. Chunki yoshi katta odamlar chekish zarari, salomatlik haqida to’laroq ma’lumotga ega bo’ladi. Ammo yoshlarga ta’sir qiladigan omillar ko’p, masalan, tengdoshlarning chekishi, stress va boshqalar”,- deydi doktor Latif. Sigaret reklamasi ham aynan yoshlarni nishonga oladi. “Tamaki kompaniyasi hech 60 yasharlar uchun tadbir uyushtirganini ko’rganmisiz? Yo’q, tadbirlarga yoshlar taklif qilinadi. Konsertlar deysizmi, turli aksiyalarmi. Xullas, yoshlar uchun jozibador bo’lgan marosimlar. Natijada asosiy xaridor ham yoshlar. Savdo oshadi”,- deydi shifokor. Doktor Latif deydiki, rivojlanayotgan mamlakatlarda tamaki chekish barobarida ga’rbona turmush tarzi ham tarqalmoqda. Shakar, tuz va yog’ga to’la oziq-ovqat mahsulotlari ommaviylashib boryapti. Tamakiga qarshi kurashga bag’ishlangan xalqaro anjuman aynan Birlashgan Arab Amirliklarida o’tkazilayotganining sababi bor. Mintaqada xuka, shisha yoki chilim chekish keng tarqalgan. “Chilim chekish tamaki chekishning birinchi bosqichi. Ishlab chiqaruvchilar chilimda tamaki va boshqa zararli mahsulotlar ishlatilmaydi, deb reklama qilishi mumkin, ammo bu mutlaqo noto’g’ri. Chilim chekish sigaret chekish bilan baravar. Unisi ham, bunisi ham odamni o’ldiradi,” - deydi doktor Latif. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling