Tan sihatlik tuman boylik


Miya. Chekuvchi o’smirlarda xotira zaiflashadi, chunki miyada kislorod  yetishmasligi kuzatiladi.   Ko’rish


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana29.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1306504
1   2   3   4
Bog'liq
3MI

Miya. Chekuvchi o’smirlarda xotira zaiflashadi, chunki miyada kislorod 
yetishmasligi kuzatiladi. 

Ko’rish. Chekish natijasida ko’rish buziladi, ranglar xiralashadi. Vaqt o’tishi 
bilan bu holat to’liq daltonizmga olib kelishi mumkin. 

Reproduktiv tizim. Hatto 20-25 yoshga kelib bu odatni tashlagan bo’lishsa ham, 
bu toifa shaxslar ko’proq bepushtlikka duchor bo’ladi. Ayollarda kichik chanoq 
a’zolari yallig’lanishi og’irroq kechadi, erkaklar esa 1,5 marta 
ko’proq impotentsiyadan aziyat chekadi. 



Tamaki sabab inson 
saraton, insult, yurak-qon 
tomir va o’pka kasalliklari 
yoki diabetga uchrashi 
mumkin. Yuqumli bo’lmagan 
bu xastaliklar yoshi 70 ga 
yetmaganlarning yiliga 16 
million nafarini hayotdan olib 
ketadi. 

Tamaki va o’pka 
kasalliklariga qarshi kurash 
xalqaro ittifoqi vakili, doktor 
Ehson Latifga ko'ra, 
chekadiganlar soni oshgan sari 
bunday kasalliklar ham 
ko’payaveradi. 

Tamaki mahsulotlarining asosiy bozori – rivojlanayotgan mamlakatlar. 
Demak, yuqorida aytilgan kasalliklar ham aynan shu jamiyatlarda keng 
tarqalmoqda. 

Xo’sh, nima sababdan aynan kambag’al va o’rtahol o’lkalarda tamakiga 
qiziqish katta? Axir buning zararini hamma yaxshi biladi-ku! 

“Taqiqlovchi qonunlar yo’q, odamlar zarari haqida yaxshi xabardor emas, - 
deydi doktor Latif, - Hukumatlar chora ko’rish kerakligini tushunadi, ammo 
ularning urinishlariga kuchli tamaki sanoati to’g’anoq bo’lmoqda”. 



Tamaki mahsulotiga solinadigan soliqlar oshirilsa, hukumatlar foyda 
ko’radi, degan gap asossiz, deydi tanqidchilar. Olinadigan daromaddan 
odamlar salomatligiga yetadigan zarar kattaroq. 

“O’smirlar, yoshlar orasida chekish hollari ko’p. Chunki yoshi katta 
odamlar chekish zarari, salomatlik haqida to’laroq ma’lumotga ega bo’ladi. 
Ammo yoshlarga ta’sir qiladigan omillar ko’p, masalan, tengdoshlarning 
chekishi, stress va boshqalar”,- deydi doktor Latif. 

Sigaret reklamasi ham aynan yoshlarni nishonga oladi. 

“Tamaki kompaniyasi hech 60 yasharlar uchun tadbir uyushtirganini 
ko’rganmisiz? Yo’q, tadbirlarga yoshlar taklif qilinadi. Konsertlar 
deysizmi, turli aksiyalarmi. Xullas, yoshlar uchun jozibador bo’lgan 
marosimlar. Natijada asosiy xaridor ham yoshlar. Savdo oshadi”,- deydi 
shifokor. 

Doktor Latif deydiki, rivojlanayotgan mamlakatlarda tamaki chekish 
barobarida ga’rbona turmush tarzi ham tarqalmoqda. Shakar, tuz va yog’ga 
to’la oziq-ovqat mahsulotlari ommaviylashib boryapti. 

Tamakiga qarshi kurashga bag’ishlangan xalqaro anjuman aynan 
Birlashgan Arab Amirliklarida o’tkazilayotganining sababi bor. Mintaqada 
xuka, shisha yoki chilim chekish keng tarqalgan. 

“Chilim chekish tamaki chekishning birinchi bosqichi. Ishlab 
chiqaruvchilar chilimda tamaki va boshqa zararli mahsulotlar ishlatilmaydi
deb reklama qilishi mumkin, ammo bu mutlaqo noto’g’ri. Chilim chekish 
sigaret chekish bilan baravar. Unisi ham, bunisi ham odamni o’ldiradi,” - 
deydi doktor Latif. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling