Tan sihatlik tuman boylik
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
3MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIGARETANING INSON ORGANIZMIGA ZARARLARI
ASOSIY QISM.
SIGARETA CHEKISH ZARARLARI — TAMAKINING ORGANIZMGA TA’SIRI, KASHANDALIK OQIBATLARI Chekuvchilar hech bo’lmaganda bir marta chekish organizmga qay darajada zarar yetkazishi haqida o’ylab ko’rishganmikan? Chekish kishining nafaqat o’zi, balki atrofdagilariga ham ziyon keltiradi. Tamaki tutunini ichga tortib, u o’z salomatligi, immuniteti va nafas olish va yurak-tomir tizimiga shikast yetkazadi. SIGARETANING INSON ORGANIZMIGA ZARARLARI Bir tomchi nikotin otni o’ldirishini hatto bolalar ham biladi. Biroq, bu dalil chekuvchilarda alohida taassurot uyg’otmaydi: ular o’zlarini bir vaqtning o’zida buncha sigareta chekib bo’lmaydi degan gap bilan ovutishadi. Biroq, tamaki tutunining zarari nikotinning o’zigina bilan bog’liq emas, u faqat qaramlik chaqiradi, chekishning vayronkor ta’siri boshqa omillar bilan ham ifodalanadi. Sigaret chekishning oqibatlari juda turlicha bo’lishi mumkin — tamaki tutuni deyarli barcha ichki organlarga ta’sir qiladi. Biroq, ushbu zararli odatning eng ko’p kuzatiladigan asoratlari quyidagilardir: Surunkali bronxit; Nafas olish tizimining onkologik kasalliklari; Yurak-tomir patologiyalari (YIK, arterial gipertoniya, qon tomir trombozi va boshqalar). O’pka saratoni bilan og’rigan bemorlar 90 foizining anamnezida chekish holatlari mavjudligini statistika ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari, bronxit va emfizemadan o’lim hollarining 75 foizi u yoki bu tarzda bu zararli odat bilan bog’liq. Chekuvchilarning yurak xastaliklari ham 25% hollarda og’irroq kechadi va ko’proq o’limga olib keladi. Hech qachon sigareta chekmagan shaxslar stenokardiyadan 13 marta, miokard infarktidan 12 marta, oshqozon yarasining xuruj olishidan 10 marta kamroq aziyat chekadi. Sigareta tutunidan aziyat chekmaydigan a’zo yo’q: kashandalarning yuragi chekmaydiganlarnikiga qaraganda soatiga o’rtacha 650 taga ko’proq uradi, shu holda ham organizmni kislorod bilan yetarlicha ta’minlab turolmaydi. Birinchidan, havo o’pkaga juda kichik hajmda kiradi, ikkinchidan, sigareta tutunidagi is gazi gemoglobin bilan birlashib, organizmda kislorod almashinuvini buzadi. Natijada miya, jigar, buyraklar, ayirish va reproduktiv tizim shikastlanadi, shunga qarab kasallanish va o’lim ko’rsatkichlari sezilarli darajada oshadi. Statistikaga ko’ra, o’smirlarning har uchtadan bittasi 15 yoshgacha sigareta bilan yaqindan tanishadi. Shu bilan birga, ularning yarimida bu zararli odatga aylanib, katta yoshgacha ham saqlanib qiladi. Aksariyat chekuvchilar bu odatni o’smirlik davirda boshlashgan. Statistikaga murojaat qilinsa, doimiy chekuvchilarning atigi 10 foizi bu odatni 18 yoshdan keyin orttirgan. Tamakining o’smirlarga asosiy kasalliklardan tashqari yetkazadigan boshqa o’ziga xos ta’sirlari quyidagilar: Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling