"tanho qayiq" asarida global muammolarning yoritilishi
Download 240.36 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqOmanova Mubora
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamatkarimova Fotima TDPU talabasi Annotatsiya
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 527 “TANHO QAYIQ” ASARIDA GLOBAL MUAMMOLARNING YORITILISHI Omanova Mubora TDPU dotsent v.b., PhD Mamatkarimova Fotima TDPU talabasi Annotatsiya: Taniqli yozuvchi va dramaturg Erkin A’zamning “Tanho qayiq” kinorivoyatida global muammolarning yoritilishi tahlilga tortilgan. Kalit so‘zlar: global muammo, drama, kinorivoyat, “Tanho qayiq”, Orol bobo, suv muammosi, badiiylik Dramaturgiyaga yangi zamon ruhi kirib kelgach, tarixiy-qahramonlik, tarixiy-falsafiy, ma’rifiy-tarixiy yo’nalish hamda zamonaviy mavzularda ko’plab asarlar yuzaga keldi. Erkin va ozod Vatanga muhabbat mavzusi yetakchi g’oyaga, fikr odami orqali o’zbekning milliy qiyofasini namoyon etish bosh maqsadga aylandi. Istiqlol davri o’zbek dramaturgiyasi ilk qadamlaridanoq ulkan ijtimoiy-siyosiy, g’oyaviy-mafkuraviy va ma’rifiy-axloqiy pozitsiyasini aniq belgilab olish, global muammolarni ifodalashda hozirjavob bo’lish ijtimoiy voqelikni in’ikos qildirishga safarbar etildi. Jumladan: • O’zbekiston – yagona Vatan degan yuksak tuyg’uni singdirish orqali jamiyat a’zolarini milliy istiqlol g’oyalari atrofida birlashtirish; buyuk allomalar, ulug’ saltanat bunyodkorlari, mashhur sarkardalar, qatag’on qurboni bo’lgan ziyolilar obrazlarini yaratish orqali olis-yaqin o’tmishdan to’g’ri saboq chiqarishga o’rgatish; • kitobxon (tomoshabin) qalbi hamda shuuriga kuchli ta’sir etish; • tarixiy xotirani tiklash va o’zlikni anglatish; • diniy bag’rikenglik, ishonch va e’tiqodni mustahkamlash; • giyohvandlik, vatanfurushlik, qo’poruvchilik kabi vayronkor g’oyalarga qarshi kurash va bunyodkor g’oyalarni targ’ib qilish; • mamlakatimiz hududiy yaxlitligi va uning sarhadlari daxlsizligini ta’minlayotgan, qurilishlarda alohida jonbozlik ko’rsatayotgan zamondoshlar obrazlarini yaratish; • bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining murakkabliklari iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlar tadrijiyligini ko’rsatish . Binobarin, o’zbek dramaturgiyasi va teatr san’ati adabiy-tarixiy meros hamda azaliy qadriyatlar negizida tomoshabin qalbi hamda shuuriga estetik ta’sir etish, balki ijtimoiy tafakkurning yangilanishi, ma’naviyatning yuksalishi, demakki madaniyat, fan, san’at, ta’lim-tarbiya sohalari rivojiga muayyan ulush qo’shishga intildi. Zotan, mustaqillik davri o’zbek dramaturgiyasining shakl-uslubi, mazmun-mohiyatini milliy istiqlol mafkurasining vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson tarbiyasi, ijtimoiy hamkorlik, Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 528 millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik singari asosiy g’oyalari ifodasidan ayro holda tasavvur qilish kiyin. Globallashuv jarayoni, bozor iqtisodiga o’tish muammolariga estetik munosabat bildirish, ular ustidan poetik hukm chiqarish barcha janrlardagi asarlar mazmuni, g’oyasi, qahramonlar qiyofasi, xarakterlar mohiyatidagi yangilanishlarda yaqqol ko’rina boshladi. Janr poetikasi bilan bog’liq bunday o’zgarish va yangilanishlar dramatik tur va uning janrlarida ham namoyon bo’lmoqda. [1:125] Global muammolar yoritilgan Erkin A’zamning “Tanho qayiq”, “Suv yoqalab” dramalarida yuqorida ta’kidlangan yangilanishlarni ko’rishimiz mumkin. Taniqli yozuvchi va dramaturg Erkin A’zamning “Tanho qayiq” [2: 171-212] kinorivoyati qirq bitta mo’jaz fasldan iborat mozaika bo’lib, tarkibiy tuzilishiga ko’ra muqaddima, asosiy qism va xotimadan iborat. Asar negizida yaqin o’tmishda sodir bo’lgan Orol fojiasidek global muammo tursa ham, u real borliqning aynan o’zini aks ettirmaydi. Aniq hujjatlilikka ham da’vo qilmaydi. Binobarin, “Tanho qayiq” tabiat va jamiyat muammosini ifodalaganligi bilan muxim axamiyat kasb etadi. Odatiy shakl va mazmundan qochishga uringan, kitobxon (tomoshabin)ni jalb qilishning yangi yo’llarini izlagan Erkin A’zam mazkur asarda ijtimoiy- ma’rifiy muammolarni shoirona romantik nigoh bilan kuzatadi. Tarixiy mavzuga zamonaviy talqinni olib kirish uchun goh folklor va mumtoz adabiyotga xos badiiy ifoda usullariga, goh ijtimoiy-falsafiy talqinlarga murojaat qiladi. Jumladan, asar janrining “kinorivoyat” tarzida belgilanishida xalq og’zaki ijodining “rivoyat” janri tajribalari ijodiy o’zlashtirilganiga ishora qilingan. Asar muqaddimasi xalq rivoyatlari singari hikoyachi bayoni bilan boshlanadi. Garchi “Tanho qayiq”da xalq qahramonlari yoxud real tarixiy shaxslar ishtirok etmasa ham, uning bosh g’oyasi asosida tarixiy voqelik yotadi. Orol fojiasining asl sabablari izlanadi. Odob- axloq, elsevarlik, imon-e’tiqodning ideal me’yorlari tashviq etiladi. Qistirma epizod sifatida kiritilgan pir va oqibatli murid haqidagi rivoyat ham xuddi mumtoz adabiyot an’analaridagi singari kinorivoyat mazmuniga singdirilib, Haqning ulug’ dargohidan umidvor Orol bobo ruhiyati teran e’tiqod va ko’ngil odami sifatida ochishga xizmat qildiriladi. Orol boboni qo’llab turuvchi noma’lum otliq obrazi ham g’oyib bir banda sifatida talqin qilinadi. Chunki koinotda ham, dunyomizda ham sirlar ko’p. Inson bu asrorni bilishga qanchalik qiziqmasin, uning hamma narsaga yetadigan aqli ba’zan ana shu asrorlar oldida ojizlik qilib qoladi. Asarda bunday holning ota-bola dialogiga ko’chishi fikr-qarashlar ziddiyatini yorqin namoyon qiladi: Qalimbet: – Ie, ie! Hajga ham-a? Ota, o’ylab gapiryapsizmi o’zi? Siz bormay kim borsin hajga?! Birovga yomonlik qilmagan bo’lsangiz, xiyonat qilmagan bo’lsangiz, hech kimning molu joniga ko’z olaytirmasangiz... Orol bobo: – (erib ketib). Rosti-ku, bir-ikki daf’a chog’lanib ham ko’rganman, o’g’lim. Yurak dov bermadi-da: o’zing kim bo’psan-u, hajni orzu qilsang deganday. Lekin ichimdagi bir sirni aytsam: ba’zan xuddiki borib kelganga ham o’xshayman! Niyati bilan-da... Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 529 Qalimbet: – (jonlanib). Ana endi chinakamiga borib kelasiz, otaboy! Hamma hujjatlaringiz tayyor! Orol bobo: – (og’zi ochilib). Iya, bir og’iz oldimdan o’tsang bo’lardi... Qalimbet: – O’tsam-o’tmasam, endi masala hal! Azza-bazza bittasining o’rniga gaplashganman-a!... Orol bobo: – Nima? Birovning o’rniga?! (U balodan qochgan kabi, ikki qo’li oldinda, tislanib). Bormayman! O’ylab qildingmi o’zi shu ishni, Qalimbet! Gunoh-ku bu axir, gunohi azim! [2:195] Badiiy matn tarkibidagi yuqoridagi nutqiy muloqot (dialog)dan ko’rinadiki, Orol bobo nainki personajlar e’tirofi, balki niyati, so’zi va amalining pokligiga ko’ra ham teran e’tiqod odami sifatida o’z jigarbandi Qalimbet va shu tipdagi qavmdan keskin farqlanadi. Shu ma’noda, Orol boboning dengizni o’z asliga qaytarish yo’lidagi yuksak orzu-intilishlari ham bir jihatdan, Erkin A’zamning tabiatni asrash muammosiga e’tiqodiy mazmunda javob izlashi ham bejiz emas. Darhaqiqat, jonli koinotning asli ham, tarkibi ham suv bo’lib, yer yuzida suvsiz hayotni tasavvur qilib bo’lmaydi. Demak, kinorivoyat yozilayotgan paytda Erkin A’zam suv Allohning ulkan ne’mati ekani, uni isrof va iflos qilmaslik haqidagi islomiy ko’rsatmalar bilan tanishgan va muhaddislarning rivoyatlarini imkon qadar xarakterlar tiynatiga singdirishga intilgan. Orol boboning zolim qavmdan yiroqroq bo’lishga intilishi, hayotini go’zal insoniy sifatlar bilan ziynatlashi, niyat xolisligida hikmat ko’p ekaniga astoydil ishonishi iymoni but, qalbiy ibodatdagi zot ekaniga dalolat bo’la oladi. “Tanho qayiq” dramasi global dunyoning moddiyat ilinjidagi kishilari uchun imon- e’tiqod chorlovi, ularga izhor etilgan iltijo va ogohnoma maqomi sari yuksaldi. Insonning ma’naviy qudrati botiniy ishonchidan nurlanuvchi imonidan izlangani, bu xulosani Orol bobo va uning shogirdlari obrazlariga singdirib yuborgani uchun asarning hayotiyligi, haqqoniyligi va ta’sirchanligi oshdi. Download 240.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling