Tanho tola- bo’ylamasiga shikastlanmasdan bo’linmaydigan to’qimachilik tolasi. Birikkan (Kompleks) tola


Download 20.84 Kb.
bet4/5
Sana30.12.2022
Hajmi20.84 Kb.
#1073022
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 kurs - Glossariy

O’rilish naqshi - tanda hamda arqoq iplarining o’rilishini ko’rsatuvchi shakl.
Polotno o’rilish - to’quvchilik matolari ichida eng oddiy va ko’p tarqalgan o’rilish bo’lib, tanda va arqoq bo’yicha rapport ikki ipga teng.
Soxta reps o’rilishi - tanda iplari arqoqga qaraganda ingichka bo’lsa, matoda ko’ndalang yo’llar hosil bo’lishi.
Reps o’rilishi - tanda yoki arqoq qoplanishlarni uzaytirish yo’li bilan hosil qilinadigan o’rim.
Trikotaj - halqalardan tashkil topgan mato yoki mahsulot.
Halqa - trikotaj mato yoki mahsulotlarining asosiy elementi bo’lib, ipning egilishi tufayli yuzaga keladi.
Halqa qatori - trikotajda mato yoki mahsulot eni, ya’ni ko’ndalangiga halqalarning joylashuvi.
Ko’ndalangiga to’qilgan trikotaj - elementlari o’zaro ketma- ket ko’ndalang, ya’ni halqa qatori bo’ylab hosil bo’lgan to’qima.
Bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj - elementlari o’zaro ketma- ket bo’ylama, ya’ni halqa ustunchalari bo’ylab tutashgan to’qima.
Bosh to’qima - bu halqa hosil qilish jarayonini o’zgartirmay, qo’shimcha moslamalarsiz olingan, o’lchamlari bir xil halqalardan tashkil topgan turli tuzilishga ega bo’lgan oddiy to’qimalardir.
Hosilaviy to’qimalar - bu bosh to’qima asosida olingan bir xil ikki bosh to’qimaning o’zaro aralashib to’qilishi bilan hosil bo’lgan hosilaviy to’qimadir.
Naqshli trikotaj - bu bosh va hosilaviy to’qimalar asosida olingan, tarkibida qo’shimcha elementlari bo’lgan to’qimalardir.
Aralash to’qima - bu bosh, hosilaviy hamda naqshli to’qimalar qatorlari yoki elementlarining aralashuvidan hosil bo’lgan to’qimalardir.
Gigiyenik talablar- insonning sog’ligini saqlashga qaratilgan talablardir.
Kiyimlarning asosiy gigiyenik ko’rsatkichlari - havo o’tkazuvchanligi, gidraskopligi, issiqdan himoya qilish, kirchanligi, suv o’tkazmasligi va boshqalar bilan belgilanishi.
Texnikaviy talablar - tikuvchilik materiallarining sifatiga va kiyimlar tayyorlashga qo’yiladigan talablar.

Download 20.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling