Tanho tola- bo’ylamasiga shikastlanmasdan bo’linmaydigan to’qimachilik tolasi. Birikkan (Kompleks) tola


Download 20.84 Kb.
bet1/5
Sana30.12.2022
Hajmi20.84 Kb.
#1073022
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 kurs - Glossariy


GLOSSARIY


To’qimachilik tolasi - egiluvchan, ma’lum uzunlik va mustahkamlikka ega bo’lgan, ko’ndalang kesim yuzasi kichik, to’qimachilik mahsulotlari olish uchun ishlatish mumkin bo’lgan jism.
Tanho tola- bo’ylamasiga shikastlanmasdan bo’linmaydigan to’qimachilik tolasi.
Birikkan (Kompleks) tola- bir nechta tanho tolaning bo’ylamasiga qo’shilishidan hosil bo’lgan tolalar jamlanmasi.
Materialshunoslik - to’qimachilik materiallarining olinishi, tuzilishi va xossalarini o’rganishda ishlatiladigan uslub va asbob uskunalardan foydalanishni o’rgatadigan fan.
Asosiy materiallar - mahsulotning yuzasi va asosiy qismlari uchun ishlatiladigan gazlamalar.
Astarlik materiallar- mahsulotning ichki qismlari uchun ishlatiladigan gazlamalar.
Gigiyenik talablar- insonni sog’ligini saqlashga qaratilgan talablar.
Texnikaviy talablar- tikuvchilik materiallarining sifatiga va kiyimlar tayyorlashga qo’yiladigan talablar.
Estetik talablar- moda bilan bog’liq bo’lgan talabdir.
Iqtisodiy talab- kiyimning narxi bilan belgilanadigan talab.
Tabiiy organik tolalar- o’simliklarning urug’i va mevasidan, poyasidan barglaridan olinadigan tola.
Tabiiy tolalar- tabiatdagi organik va noorganik moddalardan olinuvchi to’qimachilik tolalari.
Toshpaxta (asbest) tolasi - tabiiy noorganik tolalar turiga kirib, u tog’ jinslari birikmalaridan ishlab chiqariladi.
Kimyoviy tolalar- tabiiy yoki sintez yo’li bilan olingan yuqori molekulali birikmalarni kimyoviy usulda ishlov berish asosida olinadigan tolalar.
Sun’iy tola – tabiatda mavjud bo’lgan yuqori molekulali birikmalardan olinadigan tola.
Sintetik tola - yuqori molekulali birikmalarni oddiy moddalarni sintezlash yo’li bilan olinadigan tolalar.
Paxta- g’o’za deb ataladigan o’simlik urug’ini qoplab turadigan ingichka tolalar majmui.
Uzun tolali paxta - tolasi uzun, mustahkam, lekin hosildorligi kam va kechroq yetiladigan paxta.

Download 20.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling