Uzluksiz uzun iplar – to’da yoki kompleks iplar bo’lib, elementar iplardan tashkil topadi.
Jgut - bir qancha filyeradan chiqqan to’da iplarning qo’shilishidan hosil bo’ladigan tola.
Atsetat – quruq usul bilan atsetilsellyulozadan olinadigan tola.
Atsetat tolasining kamchiligi- ishlatish jarayonida atsetat tolasida statik zaryadlar yig’iladi.
Shisha tolalari - diametri 2 sm bo’lgan shisha sharchalaridan olinadigan tola.
Sintetik tolalar - quyi molekulali moddalardan sintez yo’li bilan polimerlar ishlab chiqarilishi.
Sintetik tolalar- eritmalardan yoki yumshaytirilgan poliamidlardan ishlab chiqariladigan tola.
Sintetik tolalar - oddiy moddalarni, ya’ni monomerlarning molekulalarini sintezlab olinadigan tolalar.
Karbotsep - tola mikromolekulasining asosiy zanjirchasi faqat ugleroddan tashkil topadigan moddalar majmui.
Geterotsep - tolaning mikromolekulasining asosiy zanjirchasida karbondan tashqari boshqa elementlar tashkil topadigan moddalar majmui.
Kapron tolasi – koprolaktam monomerini polimerlash reaksiyasi bilan olinadigan tola.
Koprolaktam tolasi - fenol, benzol, furfurol moddalarini kimyoviy ishlov berib olinadigan tola.
Kapron tolasi - polimerlash reaksiyasi bilan olinadigan tola.
Gazlamaning o’rilishi - gazlamaning tuzilishini ifodalovchi ko’rsatkichlardan biri.
Maksimal va nisbiy zichlik - gazlamaning zichligi bo’yicha taqqoslash uchun ishlatiladigan tushunchalardan biri.
Gazlamaning maksimal zichligi - barcha iplarning diametri bir xil va ular bir-biriga bir tekis tegib turishi.
Gazlamaning nisbiy zichligini ifodalovchi raqam - gazlamaning iplar bilan to’lganlik darajasi haqida tasavvur olishga va matoning zichligini taqqoslab ko’rsatishga imkon beradigan raqam.
Gazlamaning nisbiy zichligi - matoning chiziqli to’ldirilishi.
Matoning o’rilishi - tanda va arqoq iplarning ma’lum tartibda o’zaro bog’lanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |