Tanho tola- bo’ylamasiga shikastlanmasdan bo’linmaydigan to’qimachilik tolasi. Birikkan (Kompleks) tola


Download 20.84 Kb.
bet2/5
Sana30.12.2022
Hajmi20.84 Kb.
#1073022
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 kurs - Glossariy

Tabiiy ipak tolasi - asosan ipak qurtidan olingan pillalarni qayta ishlab olinadigan tola.
Jun tolasi - qo’y, tuya, echki, qoramol va quyonlarning terilari ustidagi tukli qoplamasidan olinadigan tola.
Ildiz - junning teri qatlami ostidagi qismi, tana-teridan chiqib turgan va oqsil modda keratindan iborat bo’lgan qism.
Kutikula- paxta tolasining birinchi qatlami.
Sellyuloza- paxta tolasining ikkinchi qatlamini tashkil etuvchi modda.
Protoplazma- paxta tolasining uchinchi qavati bo’lib, u o’zakda joylashgan.
Paxta tolasining pishganligi- paxta tolasining pishganligi uning tarkibidagi selyuloza miqdori bilan o’lchanadi.
Paxta tolasining rangi- oq yoki sarg’ish rangda bo’ladi.
Zig’ir tolasi- zig’ir o’simligining poya po’stlog’idan olinadigan tolalar guruhiga mansub.
Pilla sifati- uning umumiy uzunligi ipak qurtining zotiga va qanday sharoitda boqilganiga qarab baholanadi.
Pillani chuvash- bir nechta pilla ipakning uchlarini birlashtirish jarayoni.
Pilla ipiga baho berish- uning umumiy uzunligi ham, uzluksiz chuvalangan ipning uzunligiga ham e’tibor beriladi.
Pillaning ichki notekisligi- pillaning sirtidan chuvalana boshlangan ip boshlang’ich qismining chiziq zichligi uning oxirgi qismining chiziq zichligidan 2-3- barobar kattaroq bo’lishi.
Yigirilgan iplar- tabiiy ipakning tolali chiqindilarini qayta ishlash asosida olinadigan tola.
Tabiiy jun- hayvonlarning junini qirqish yo’li bilan olingan tola.
Zavodda olingan jun- jonivorlarning terisiga ishlov berish vaqtida yig’ilgan jun
Sun’iy tolalar – suyuqliklardan ishlab chiqariladigan tola.
Viskoza tolasi- sun’iy tola bo’lib, uni olish uchun archa, qarag’ay, oq qarag’ay yog’ochlaridan sellyuloza ajratib olinadi.
Viskoza ipini pardozlash- viskoza ipini pardozlashda ipning tarkibidagi qolgan eritmalardan suv va boshqa kimyoviy moddalar yordamida tozalanishidir.

Download 20.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling