Tanishtirish metodikasi fanining
Download 0.53 Mb.
|
bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ob-havodagi ozgarishlar.
2. Qish fasliga tavsifnomaOb-havodagi o'zgarishlar. Kalendar bo'yicha qish birinchi dekabrdan boshlanadi. Aslini olib qaraganda, qish ba'zi hollarda ilgariroq boshlanishi ham nuimkin, chunki xalq maqolida aytilganidek: «Yil yilga to'g'ri kelmaydi». Ob-havodagi o'zgarishlar. Ycrning ustki qatlamini qor qoplashi va suvlarning muzlashi qishning boshlanishidan darakdir. O'zbekistonda qish o'ziga xos xususiyatga ega. Qor qatlamlari mumtoz bo'lmay, tez eriydi va qishda bir necha martagina yog'adi. Odatda qor dekabr oyining boshlarida yog'adi. Qishning ikkinchi yarmida — yanvar oyida, fevral oyining boshlarida ko'proq qor yog'adi, mart oyida ham bir oz yog'ishi mumkin. Dekabr oyida sovuq tushib, teztez shamol esib turadi. Dekabr oyida barvaqt qor yog'ishi Toshkent sharoiti uchun xos bo'lgani bilan, bunday hoi kamdankam bo'ladi. Hatto, dekabr oyida shunday kunlar bo'ladiki, bunda harorat +20+25 darajagacha ko'tariladi. Masalan, 1955 yilning dekabr oyida mahalliy vaqt bilan soat 6 dan 12 minut o'tganda bahordagi singari momaqaldiroq, chaqmoq bo'lib, do'l aralash yomg'ir yog'gan. Yanvar oyida odatda qor yog'adi, lekin tez erib ketadi. O'rtacha harorat butun oy davomida +4—6°C atrofida bo'ladi, biroq ba'zan janubisharqdan iliq shamol «garmsel» esishi natijasida haroratning keskin ko'tarilishini payqash mumkin. Kunduz kunlari harorat +17+20 darajagacha isiydi. Vaqtincha iliq va quyoshli havo bo'ladi. Shunday vaqtlarda daraxtlar va butalar kurtak chiqarib qoladi. Keyinchalik yengil ayoz ta'siri ostida astasekin yana havo sovib qoladi. Fevral oyida quyosh yuqoriroq ko'tariladi, kun ancha uzayadi. Fevralning birinchi o'n kunida odatda kun iliq, quruq bo'ladi, harorat +17+19 darajagacha ko'tariladi. Ikkinchi o'n kunlikda unchalik qattiq sovuq boimay, kuchli qor yog'ib o'tadi. Ba'zi vaqtlarda uchinchi o'n kunlikda ham qattiq sovuq tushib, qor quruq yog'adi. Daraxtlarning shoxlari oqarib, qattiqqina qor qatlami hosil bo'ladi. Qushlar ovqat topib yeyishga qiynaladilar. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling