Tanishtirish metodikasi fanining


«Ekosan» jamg'armalari faoliyati


Download 0.53 Mb.
bet68/72
Sana30.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1404559
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi (3)

.«Ekosan» jamg'armalari faoliyati


«EKOSAN» ekologiya va salomatlik xalqaro jamg'armasi 1992yili Ta'sischilar konferensiyasida tashkil qilingan bo'lib, u notijorat, nodavlat (nohukumat) tashkilot hisoblanadi.
Jamg'arma faoliyatidagi konsepsual asoslar:
—ekologiya va salomatlik, fan, madaniyat, tibbiyotga ishlab chiqarish faoliyatining asosiy mezoni sifatida qarash;
—O'rta Osiyoda mintaqaviy biosferaning yaxlitligi tamoyili asosida iqtisodiyekologik tizimni shakllantirish;
—ekologiya va salomatlik muammolari — xalqaro hamkorlikning bosh ustuvor yo'nalishidir. Muhim ekologik muammolarni har taraflama o'rganish, ilmiy konsepsiya ishlab chiqish vffl ularni o'rganishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash maqsadida davlat va nodavlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, olimlar hamda mutaxassislarning kuchlarini birlashtirishga ko'maklashish;
—O'rta Osiyoda ilmiy asoslangan ekologik siyosatning shakllannishida ishtirok etish;
—ekologik yovnalishdagi jamoatchilik fikrlarini tashkil qilishda faol ishtirok etish;.
—ekologik tafakkur va madaniyatni tarbiyalash.
Faoliyat yo’nalishlari; Atrofmuhitni muhofaza qilish masalalari, sogiom turmush tarzi, ekologiya, sanitariyagigiyena bilimlari va kasallikning oldini olishni targ'ib qilish;
—ekologik ta'limtarbiya va aholini atrofmuhit holati haqida xabardor qilish;
—ekologik halokat mintaqasida yashovchi aholiga tibbiy maslahatlar berish, davolash, kasallikning oldini olish borasida insonparvarlik yordamlari ko'rsatish;
—ekologiya va aholi salomatligini saqlashning dolzarb muammolari bo'yicha xalqaro anjumanlar, uchrashuvlar, seminarlar, simpoziumlar o'tkazish;
—ekologik inqirozga uchragan mintaqalardagi ijtimoiyekologik holatni o'rganish va uni yaxshilash bo'yicha hamkorlik choralarini ko'rish maqsadida xalqaro missiya tashkil qilish;
—gumanitar hamkorlik masalalari bo'yicha xalg'aro tashkilotlar, moliya institutlari, xorijiy kompaniyalar bilan aloqa o'rnatish.
—tabiatni muhofaza qilish faoliyati va biznesni ekologiyalashtirishda boshqarishning iqtisodiy uslubini joriy etish;
—ekoturizmni rivojlantirish.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling