Pedagogik vazifalar:. Yer maydonchasining ta’limiy tarbiyaviy xamiyatini,bolalar bogchasining ekinzor va gulzorlari,maydonchada xayvonlarni saklash tartibi xaqida tushuncha beradi
O’qitish vositalari: tarqatma materiallar, plakatlar, slaydlar, ko’rgazmali qurollar. Oq’itish usuli va shakli: ma’ruza, aqliy hujum, nazorat savollar, topshiriqlar, BBB jadvali
O’qitish sharoiti: texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya
Monitoring va baholash: Og’zaki nazorat, savol javob, reyting tizimi asosida baholash
O'ZBEKISTONDA «BIOEKOSAN» VA «EKOSAN» JAMG'ARMALARI FAOLIYATI
MA’RUZANING O’QITISH TEXNOLOGIYASI
Talabalar soni: 59 ta O’quv vaqti: 2 soat
Mashg’ulot shakli: Munozarali ma’ruza
Mashg’ulot rejasi:
Bioekosan» jamg'armalari faoliyati
«Ekosan» jamg'armalari faoliyati
«Qizil kitob» haqida tushuncha
Mashg’ulotning maqsadi: Bioekosan»,«Ekosan» jamg'armalari faoliyati xaqida, «Qizil kitob» haqidatalabalarga ma’lumot berish.
Ma’ruza mazmuni:
1. ”Bioekosan” jamg'armalari faoliyati
«Bioekosan» O'zbekiston Xalg' ta'limi vazirligining qaysi buyrug'iga asosan nechinchi yil, qaysi oyda ekologiya va tabiatshunoslik markazining qoshida tashkil etilgan.
«Bioekosan» O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligining 178son buyrug'iga asosan 1995 yil 28avgustda ekologiya va tabiatshunoslik markazining qoshida tashkil etilgan. Uning maqsadi respublika miqyosida ekologik ta'lim va tarbiya bo'yicha dasturlar, metodik qo'llanmalar, tavsiyalar yaratishdan va o'quvchi yoshlar hamda kattalar uchun turli xil mavzularda anjumanlar tashkil etish va o'tkazishdan iborat.
Oliy ta'lim respublika tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi birlashgan kengashida tasdiqlagan, uzluksiz ekologik ta'lim konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Ekologiyadan davlat ta'limi standarti yaratildi. Ekologiyadan dasturlar to'plami bir qancha metodik qo'llanmalar tayyorlandi, shuningdek, ekologiyadan test savollari ishlab chiqildi.
1993, 1997 yillarda respublikada uzluksiz ekologik ta'lim muammolari va ularning yechishga bag'ishlangan anjumanlar o'tkazildi.
1993 yildan boshlab «Tabiat kecha, bugun va ertaga» degan shior ostida o'quvchilar anjumani o'tkazib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |