Tanishtirish va ularni bu tadqiqotlarga tayyorlash
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
2.4-5 mavzu (pdf.io)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun hikmati!Donishmand va mutafakkirlar fikri
- Subyektiv konsepsiyalarni aniqlash. Biz bilamiz.
- Biz bilamiz.
MAVZU: PISA TADQIQOTLARI BILAN O‘QUVCHILARNI TANISHTIRISH VA ULARNI BU TADQIQOTLARGA TAYYORLASH BO‘YICHA YO‘L-YO‘RIQLAR. (2 soat amaliy) Diqqatni jamlang! Maqsad guruhda ijobiy kayfiyat shakllantirib, diqqatlarini jarayonga qaratish. Keling “Diqqat” o’yinini o’ynaymiz. Diqqat deb aytsam bajarasiz, aytmasam bajarmaysiz. Masalan: - Diqqat o’ng qo’lingizni ko’taring. - Diqqat chap qo’lingizni burningiz uchiga tegizing. - Qo’llaringizni tushuring. - Uchunchi shartni bajarganlar o’yindan chiqadilar, chunki “diqqat” so’zi aytilmadi. Kun hikmati!Donishmand va mutafakkirlar fikri Biladi va bilishini ham biladi, u - olimdir, unga tobe’ bo’lmoq kerak. Bilmaydi va lekin bilmasligini ham biladi,bu - qobil insondir, unga o’rgatmoq kerak. Bilar, lekin bilishini bilmas, u – uyqudadir, uni uyg’otmoq kerak. Bilmas, lekin bilmasligini ham tan olmas, u – johildir, undan qochmoq kerak Subyektiv konsepsiyalarni aniqlash. Biz bilamiz. Matematik savodxonlik - bu insonning u yashayotgan dunyoda matematikaning o‘rnini aniqlash va tushunish, asoslangan matematik mulohazalar yuritish hamda fikrlaydigan, qiziquvchan va ijodkor fuqaro sifatida hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish maqsadida matematikadan foydalanish qobiliyatidir. Biz bilamiz. PISA topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyati, hayotdan olinib, vaziyat tahlili (keys) shaklida taqdim qilinadi. Topshiriq sharti va savol qo‘yilishi maktab darsliklaridagidan farq qiladi. Daromadimni hisoblashim uchun arifmetik amallarni o‘rganishim kerak Masalan: - topshiriqlar o‘quvchi faoliyatiga yaqin bo‘lgan hayotiy vaziyatlardan olinishi; - shartida ortiqcha ma’lumotlarning berilishi; - vaziyatda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning, shartida emas savol qismida berilishi; - kerakli ma’lumotlar turli (diagramma, grafik, jadvallar, habarnomalar, rasm…) shakllarda berilishi; - topshiriqlarda bir nechta fanning ishtirok etishi; topshiriq bajarilishida kreativ, tanqidiy yondashning baholanilishi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling