Tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati (kurash) reja


O‘zbekistonda kurash turlarining rivojlanish tarixi


Download 1.31 Mb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1386930
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurash sport turi nazariyasi va uslubiyati

O‘zbekistonda kurash turlarining rivojlanish tarixi
Qadimdan O‘zbekistonda kurash va belbog‘li kurash turlariga qiziqish yuqori bo‘lgan. To‘ylarda, sayillarda va har xil bayramlarda mazkur kurash turlarisiz tadbirlar o‘tmagan. Mustaqillik yillarida ananalar qayta tiklanib, hozirgi kunga kelib har bir viloyatda ikkala kurash turi ham yaxshi rivojlangan. Ikki milliy kurash turlaridan lashqari yunon-rim kurashi, erkin kurash, dzyudo kurashi va sambo kurashi yurtimizda keng tarqalgan va rivojlangan. 1991 -yilning 1-sentyabr kuni O’zbekiston mustaqillikga erishgandan keyin sport sohasiga hukumatimiz tomonidan e ’tibor kuchaytirildi. Hozirgi kungacha “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi” qonun uch marotaba qabul qilindi va qayta ko‘rib chiqildi (1992, 2000, 2015-y.y.). Mazkur qonunning takomillashib borishi albatta jismoniy tarbiya va sportning yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir etdi. Qonun va qonun osti hujjatlarining ta’sirida yurtdoshlarimiz alohida jamoa sifatida Olimpiada O‘yinlari, Jahon chem pionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari, nufuzli xalqaro musobaqalarga qatnashib munosib o'rinlarni egallagan. Buning asosiy sababi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek - “Hech bir narsa yurtni sport kabi dunyoga tanita olmaydi”. Shu bilan bir qatorda kurash turlariga ham katta e’tibor qaratilgan. 1998-yil 5-fevraldagi “Kurash Xalqaro Asosiatsiyasini qo‘llab quvvatlash”, 2012-yil 24-sentyabrdagi “Sport kurashlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan maktabni tashkillashtirish” to‘g‘risidagi Prezident farmoyishlari bunga yaqqol dalil bo‘ladi. Polvonlarimiz qator nufuzli musobaqalarda - Olimpiada va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va xalqaro musobaqalarda g'olib va sovrindor bo‘lib, mustaqil O‘zbekiston Respublikasini butun Jahonga tanitmoqda. Buning ta’sirida yurtimizda nufuzli musobaqalarni o‘tkazish uchun katta ishonch bildirilib, eng yuqori darajadagi musobaqalar - Jahon va Osiyo chempionatlari hamda xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda. 2014-yilning sentyabr oyida erkin, yunonrim va ayollar sport kurashi bo‘yicha Jahon chempionati yuqori saviyada o‘tkazildi (15-20-rasm lar). Shuningdek dzyudo bo‘yicha Jahon Kubogi bosqichlari, sambo kurashi bo‘yicha Jahon chempionatlari, kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha doimiy ravishda nufuzli musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Dzyudo
XVI asr oxirlarida Yaponiyada djiu-djitsu sam uraylarning harbiy va jismoniy tayyorgarligi tizimi sifatida qo‘llanilgan va o‘ta sirsaklangan. Zamonaviy dzyudo yaponcha djiu-djitsu yakkakurashidan kelib chiqqan deyish to‘gri bo‘ladi. Dzyudoning asoschisi Dzigaro Kano talabalik yillaridanoq tana va ruhiyatning uyg‘unlashuviga erishish mumkinligi ustida jiddiy fikr yuritdi. 18 yoshga kelib unda yangi kurash turini yaratish fikri paydo bo’ldi. Kano yetarli darajada jismoniy qobiliyatlarga ega bo’lmasa-da, qisqa vaqt ichida djiu-djitsu, karate, sumo va boshqa yakkakurash turlarining ko‘p sonli usullar texnikasini egallab oldi. Ular orasidan eng samaralilarini tanlab, xavfli ushlashlar va zarbalarni chiqarib tashlab, yangi kurash turini yaratdi. Bu dzyudo kurash turi edi, ya’ni - “egiluvchan yo‘l” deb nom oldi.



Sambo.
XX asrning 20-30-yillarida Rossiyada yangi kurash turi - sambo shakllana boshladi. o‘sha davrlarda, ya’ni Sho‘rolar hukumati paytida ko'chadagi bezorilarga qarshi hamda harbiylami jangovor tayyorlash musalasi sambo kurashi yordamida hal etila boshlandi. Ushbu sport turining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga V.S.Oshepkov asos solgan. Ilk bor 1991-yilda “Огонёк” jurnali sambo kurashi tog‘risidagi haqiqutni yirik maqola etib chop etdi. Unga ko‘ra taqdir taqqazosi bilan V.S.Oshepkovning oyilasi Saxalin oroliga - oq podshoga suiqasd qilganlikda ayblanib surgun qilingan, keyin Yaponiyaga qochib o'tishga majbur bo’lgan. Yaponiyada V.S.Oshepkov dzyudo kurashini “Kadokan” maktabida o‘rganib, qora belbog’li sohibi darajasigacha ko'tarilgan. 1918-yilda Rossiyaga qaytib kelib, o‘sha davrdagi qizil anniyaga qo‘shilgan va katta ofitser unvonigacha ko‘tarilgan. Lekin yapon tilini mukammal bilganligi uchun, Yaponiya shpioni sifatida 1937-yilda isbotsiz repressiya qilingan. Shu sababdan uning nomi ko‘p ma'lumotlarda aytilmasdan qolib ketgan. Uning rahbarligida 1918— 1920-yillari Rossiyada dzyudoni rivojlantirmoqchi bo’lgan, lekin o'sha davrdagi “bolsheviklar” hukumatining Yaponiya bilan siyosiy munosabatlarda tortishuvlar mavjudligi sababli “вольная борьба” (erkin kurash) deb atalgan, bu nom ham “bolsheviklar”ga to‘g‘ri kclmadi, sababi amerikaliklar tomonidan erkin kurash (free style wrestling) sport turi alohida sport turi sifatida Jahonga tanilib ulgurgan edi, undan keyingina – sambo (ya’ni, qurolsiz o‘zini muhofaza qilish ma’nosini anglatadi) deb ataladigan ho'ldi. Sambo kurashi texnik-taktik tavsiflariga ko'ra dzyudo kurashiga yaqin.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling