Tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati (kurash) reja


Kurash turlarida o’rgatish uslublari


Download 1.31 Mb.
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1386930
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurash sport turi nazariyasi va uslubiyati

3.Kurash turlarida o’rgatish uslublari
Kurash turlarida o‘qitish - bu kurash turlari nazariyasi va uni o‘qitish usuliyati to‘g‘risidagi bilimlar kurashchining asosiy o‘ziga xos musobaqa, hakamlik, pedagogik, tashkiliy faoliyati hisoblangan ko‘nikma va malakalar tizimini shakllantirishga qaratilgan maqsadli tashkil qilingan pedagogik jarayondir
O‘qitish maqsadi shug‘ullanuvchilarda trenerning kasb faoliyati konsepsiyasini aks ettiruvchi bilimlar tizimini shakllantirishdan iborat. Ushbu konsepsiya bilimlar va malakalar, ilmiy fikrlash uslublari, shug‘ullanuvchilarda ongli hamda amaliy faoliyatga ijodiy munosabatni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
Kurash turlari nazariyasi va o‘qitish usuliyati o‘quv fanining o‘ziga xos sharoitlari hamda xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy vazifalar quyidagilardan iborat:
- sport turi nazariyasi va o‘qitish usuliyati bo‘yicha bilimlaming optimal hajmi, har tomonlamaligi va yetarlicha chuqur bo’lishini ta’minlash;
- ijodiy anglash imkoniyatlarini takomillashtirish;
- kurashchining umumiy tayyorgarlik mashqlarini bajarish malakalarini shakllantirish va takomillashtirish;
- kurash texnikasi usullari himoyalanishlar va qarshi usullarni bajarishni shakllantirish hamda takomillashtirish;
- musobaqa bellashuvlaridagi texnik-taktik harakatlarning optimal hajmi va turli xilligini shakllantirish;
- o‘quv, o‘quv-trenirovka, nazorat, musobaqa va ko‘rgazmali bellashuvlarni olib borish ko‘nikmalari hamda malakalarini shakllantirish;
- kurash usullarini bajarish texnikasini tahlil qilish bilimlari malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda takomillashtirish;
-kurash texnikasini ko‘rsatib berish va tushuntirish malakasini egallash;
- murakkab texnik-taktik harakatlami bajarishga o‘rgatish va takomillashtirish bilimlari, malakalari hamda ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish;
- kurash bo‘yicha darslami tahlil qilish va o‘tkazish malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish;
Ilmiylik tamoyilini amalga oshirish bir qator shartlaming bajarilishioi taqazo etadi: - o‘rganilayotgan harakatlar o'quvchilar tomonidan to'liq, buzilmagan holda qabul qilinishi lozim;
- o‘rganuvchi o‘rganilayotgan harakatlaming muhim belgillari va xossalari o‘rganilayotgan harakatlaming boshqa harakatlar bilan bog'liqligi va ulami musobaqa faoliyatida qo‘llash xususiyatlarini tushunishi hamda o‘zlashtirishi lozim; - harakatlami o‘rganayotib, ulami bir umrga o‘zgarmas narsa sifatida emas, balki rivojlanib va takomillashib boradigan narsa sifatida qabul qilish zarur;
- o'qitish jarayonida o‘quvchilami nafaqat harakat vazifalarini hal etish qonuniyatlari, ilmiy izlanish natijalari bilan, balki ilmiy tadqiqotning yengil uslublari bilan tanishtirib borish lozim;
- ilmiylik tamoyili o'quvchilami faqat fanda tasdiqlangan ishonchli faktlar va bilimlar bilan tanishtirishi zarur;
- o'qitish jarayonida fanda qabul qilingan atamalardan foydalanish mumkin. Eskirgan va tor gumhlarga mansub atamalardan foydalanish mumkin emas


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling