Tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati (kurash) reja


Kurash turlaridagi tushuncha va terminlar


Download 1.31 Mb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1386930
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurash sport turi nazariyasi va uslubiyati

2.Kurash turlaridagi tushuncha va terminlar
Kurash turlarida taktik harakatlar
Kurash turlari taktikasi - bu bellashuvlar va musobaqalarda yuzaga kelgan muayyan vaziyatlarda raqib xususiyatlarini hisobga olgan holda lexnik iroda va jismoniy imkoniyatlardan mohirona foydalanishdir.
Hujum uchun tayyorgarlik harakatlari — bu hujum harakatini bajarish uchun zarur bo‘lgan raqibning kutilayotgan va himoyalanish harakatini keltirib chiqarish maqsadida bajariladigan kurashchining hujum harakatlaridir.
Taktik tayyorgarlik usullari — kurashchi harakatlari bo‘lib, ular yordamida u hujum yoki qarshi hujum uchun qulay sharoitlami yaratadi.
Razvedka — kurashchining raqib to’g’risida ma’lumot olishga qaratilgan taktik harakatlaridir. Bunda tashqi va ichki razvedka ajratiladi. Tashqi razvedkada raqib to‘g‘risida bellashuvgacha davr moboynida har xil axborot yig‘iladi, ichki razvedkada esa aynan bellashuv paytidagi axborot yig‘iladi, hamda shularga ko’ra kurashchi harakatini amalga oshiradi.
Nivatni vashirish - kurashchining taktik harakati bo‘lib, uning yordamida u raqibdan o’zining asl niyatlarini yashiradi.
Xafv solish — kurashchining raqibni himoyalanishga o‘tishga majbur qiluvchi taktik harakatidir.
Aldamchi harakat (aldash') - hujum qiluvchi tomonidan oxiriga yetkazilmaydigan va raqibni himoyalanishga majbur qiladigan usullar, qarshi usullar, ushlab olishlar, siltashlar, turtishlar va boshqa harakatlar.
Qo’shaloq aldash — kurashchining taktik harakati bo‘lib, haqiqiy usulni raqibga aldamchi usul sifatida ko’rsatadi.
Chorlash - kurashchining taktik harakati bo‘lib, shu orqali u raqibni faol harakatlarga o‘tishga majbur qiladi.
Teskari chorlash - kurashchining taktik harakati uning faol harakatlami to‘xtatib, raqibni ham shunday harakatlarga chorlash maqsadida amalga oshiradigan harakati.
Cheklab qo‘vish - kurashchining raqib harakatlari erkinligini cheklab qo‘yadigan taktik harakatlari.
Takroriv huium — bir xil harakatlami ketma-ket bajarishdan iborat bo‘lgan taktik harakat. Ushbu ketma-ket uyushtirilgan harakatlar ichida faqat oxirgisi hal etuvchi, qolganlari esa aldamchi harakat hisoblanadi.
Muvozanatdan chiqarish - kurashchining taktik harakati bo‘lib, u raqibni nomustahkam holatni egallashga majbur qilish bilan birga kurashchiga hujumni bajarish uchun qulay vaziyatni yaratadi.

Kurashchining texnik harakatlari


Usul - g‘alabaga yoki raqib ustidan ustunlikga erishish uchun hujumni amalga oshiruvchining hujumni qabul qiluvchi holatini gilamga nisbatan o‘zgartirishga qaratilgan texnik harakatidir.
Himova — hujumni amalga oshiruvchining bajarayotgan usulini hujumni qabul qiluvchi tomonidan to‘xtatib qolishga qaratilgan texnik harakat.
Qarshi usul - hujumni amalga oshiruvchining bajarayotgan usuliga hujumni qabul qiluvchi tomonidan javob usulini bajarishga qaratilgan texnik harakat.
Kombinatsiva — birnechta texnik usullarning reja asosida va zanjirsimon tartibda ketma-ket hujum harakatlarining muvofiqlashtirilganligidir. Bu tizimdagi har bir hujumga raqib tomonidan qaysi himoya harakatidan foydalanishini oldindan yoki o‘z vaqtida mo‘ljal qilish ahamiyatlidir. Kombinatsiyalar texnik usullar uyg‘unligini ta’minlashi hamda boshlang‘ich usullar keyingilarini bajarish uchun qulay dinamik vaziyat yaratishi zarur hisoblanadi.
Bog’lam - tik turish holatidan boshlanib parter holatiga o‘tish yoki aksincha tartibda bajariladigan texnik usullar uygunligidir.
Yuqoriga chiqib olish - parter holatdagi kurashchining yuqoriga chiqishga yordam beradigan texnik harakat.
Zarb bilan ko'tarish - raqibni tana yordamida o‘z oldidan yuqoriga zarbaviy harakat bilan ko‘tarish.
Kurash turlaridagi asosiy holatiar
Kurashchining asosiy holatlari - sport tayyorgarligi jarayonida kurashchilar tomonidan qo‘llaniladigan holatlardir.
Tik turgan holat — bellashuvni olib borish uchun zarur bo‘lgan, kurashchining tik oyoqlarda turgan holatidir. O‘ng, chap tomonlama, yalpi, past va baland tik turish turlari ajratiladi. Ular yaqin, o'rta va uzoq masofalardan turib qo‘llaniladi.
O’ng tomonlama tik turish - kurashchining (raqibga nisbatan) o‘ng oyog‘ini oldinga chiqarib turgan holatidir.
Chap tomonlama tik turish — kurashchining chap oyog‘ini oldinga chiqarib turgan holatidir.
Frontal tik turish - kurashchining tik turishdagi holati bo‘lib, bunda uning oyoq kaftlari gavdasining yalpi tekisligida turadi.
Baland tik turish — tik turishda butun bo‘yi bilan turgan kurashchining holatidir.
Past tik turish - kurashchining toz-son bo‘g‘imlari va oyoqlami tizzalardan bukib egilib turishdagi holatidir.
Parter holati — kurashchining tizzalarda va qo(llari bilan gilamga tiralib turgan holatidir. Parterda pastdagi va yuqoridagi kurashchi holatlari ajratiladi.

Ko'prik-kurashchi gilamga nisbatan orqa bilan, kerilib, peshonasi hamda elka kcngligida yozilgan oyoq kaftlari bilan tirab turish holatidir.
Xavfli holat - kurashchi kuraklarining gilamga nisbatan 90° С dan kam bo’lgan yaqinligi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling