Tanlangan texnologik ishlab chiqarish jarayonining bayoni
Download 1.44 Mb.
|
Nh3
7.5. Asosiy jixozning bayoni
Yuqori quvvatli zamonaviy ammiak ishlab chiqarishda to’g’ri oqimli ko’p qatorli trubkali o’choqlar ko’p qo’llanilib kelinmoqda. O’choq ikki blokdan tashkil topgan bo’lib yoqish kamerasi va tutunli gazlar issiqligidan foydalanish blokidan iborat. Bu o’choqlarning afzallik tomoni shundan iboratki, ular kompakt tuzilishga ega va issiqlik yo’qotilishi nisbatan past. Yoqish kamerasida 12 ta parallel seksiyadan iborat bo’lib, har biri diametri 114 x 21 mm va balandligi 11 m bo’lgan reaksion trubalardan iborat. Har bir seksiyadagi trubalar 260 mm qadam oralig’ida pastki seksion kollektorga payvandlangan. Diametri 142 x 19 mm bo’lgan kollektor olovga bardosh beton bloklari bilan futerovka qilingan. Trubalar prujinaga osilgan. Seksiyadagi trubalar kameradagi yoqish oralig’ida erkin osilib turadi. Reaksion trubalar va yoqish kamerasi orasidagi xalqasimon oraliq olovga bardosh salnikli qotirgichlar bilan mahkamlangan. Bug’ – gaz aralashmasi kollektordan reaksion trubalar orasidagi gaz uzatish trubasi bo’ylab nikel katalizatorlari ishtirokida uglevodorodlarni bug’li kondensatsiyasi bo’ladi. Konversiyalangan gaz kollektor seksiyasida yig’iladi va gaz chiqarish trubasi orqali suvli g’ilofga joylashgan hamda issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplangan umumiy gaz yig’ish kollektoriga boradi. So’ngra konversiyalangan gaz, gaz yig’ish kollektori orqali shaxtli reaktorga yuboriladi. Yoqish kamerasi ikki qatlamli yuqori sifatga ega bo’lgan qalinligi 150 mm bo’lgan engil og’irlikdagi shamot bilan futerovkalangan. Pechning tashqi metall devoridagi harorat 600 C da oshmasligi kerak. Kamera ko’rish oynasi, lyuk, laz va qalinligi 5 mm po’latdan tayyorlangan g’ilof bilan qoplangan. Reaksion trubalarni qizdirish reaksion trubalar seksiyasi oralig’idagi yoqish kamerasida joylashgan injeksiyali yondirgichlar orqali amalga oshiriladi. Har bir qatorda 20 tadan yondirgichlar o’rnatilgan. Tutunli gazlar 900 - 11000 C haroratda o’choqning pastki qismidagi reaksion trubalar seksiyasi orasidagi gorizontal joylashgan gaz chiqarish trubasiga yuboriladi. Har bir gaz chiqarish uskunasi yon devorida tunelli yondirgichlar mavjud. Tutunli gazlar konvektiv kameraning issiqlik almashinish qurilmasidan o’tib tutun so’rgichga boradi va undan 1600 C dan yuqori bo’lmagan haroratda atmosferaga tashlab yuboriladi. Kollektor seksiyalaridagi konversiyalangan gazning harorati termoparalar bilan o’lchab turiladi. Kamchiligi: avariya bo’lganda barcha agregatlarni o’chirmasdan turib bitta yoki bir necha reaksion trubalarni o’chirilib bo’lmaydi. Reaksion trubalarning har bir trubasi alohida mustaqil reaktor bo’lib, devor orqali berilayotgan issiqlik hisobiga suv bug’i katalizator ishtirokida uglevodorodlar bilan ta’sirlashib konversiyalanadi. Bosim ostida (25 – 40*105 Pa) konversiyalashga mo’ljallangan reaksion trubalar yaxshi payvandlanadi, uzoq muddatga mustahkam va yuqori haroratga chidamli materialdan tayyorlanadi. Reaksion trubalarning markasi 45X25H20C dan iborat. Ishlash muddati 7-10 yil. Kamchiligi: montaj ishlari va katalizatorni yuklash paytida qattiq mexanik urinishlarga yo’l qo’ymaslik kerak. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling