Tanlangan texnologik ishlab chiqarish jarayonining bayoni


Mehnatni va atrof muxitni muxofaza qilish


Download 1.44 Mb.
bet13/22
Sana05.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#208024
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Nh3

9. Mehnatni va atrof muxitni muxofaza qilish
Unumdorligi 48300 nm3/soat bo’lgan ammiak ishlab chiqarish sexini metanni konversiyalash bo’limini loyihalash. Asosiy qurilma trubkali pech.

Mehnat kodeksi 77-modda. Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh

Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Mehnat kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Sex bo’yicha hizmat ko’rsatuvchi hodimlar uchun maxsus ishchi kiyimlari, oyoq kiyimlari, himoya vositalari joriy etilgan.

Mehnat muxofazasini boshqarish tizimiga ishchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitish va mehnat muxofazasini targ‘ib qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini va jihozlarining xavfsizligini ta’minlash, ish sharoitini sanitar-gigienik ahvolini me’yorlashtirish kiradi.

Yangi loyihalangan ammiak ishlab chiqarish sexida mehnat muxofazasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish korxonada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan jarohatlanish va kasbiy kasalliklarni oldini olishda, texnologik jarayonlarni xavfsizligini ta’minlashda muhim ro’l o‘ynaydi. Bu hizmatni to‘g‘ri tashkil qilish mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va mehnat muxofazasiga aloqador bo‘lgan normativ hujjatlar va yo‘llanmalarga asoslanadi.

Ishchi – hodimlarning ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson organizmidagi fiziologik jarayonlar ayniqsa organizm termoregulyatsiyasiga meterologik (iqlimiy) sharoitini ifodalovchi omillar-havoning harorati, nisbiy namligi, barometrik bosim va ish joylaridagi havo harakatining tezligi katta ta’sir ko‘rsatadi.

Texnologik rejimning buzilishi yoki jihozlar nosozligi natijasida faqat mexanik buzilishlariga emas, balki ishchi zonasiga katta massadagi zararli moddalarni chiqishiga olib keluvchi portlashlar sodir bo‘lishi mumkin.

Loyixalanayotgan sexdagi ishlab chiqarish zararli faktorlariga quyidagilar kiradi:



  • yuqori parametrlar (yuqori bosim va harorat)ga ega bo‘lgan bug‘larning qo‘llanilishi;

  • ko‘p miqdordagi mexanizmlarning siljuvchi qisimlarini mavjudligi;

  • portlash mumkin bo‘lgan ammiak havo aralashmalari hosil bo‘lishi,

  • o‘z-o‘zidan yonuvchi surkov moylari mavjudligi;

  • bug‘ va eritmalarning, ammiakning teriga termik ta’siri;

  • hosil bo‘layotgan zaharli moddalar konsentratsiyasining ruhsat etilgan me’yori (REK)dan ortib ketishi

Ishchi hududining havosida zaharli moddalarning ruhsat etilgan konsentratsiyalari

Jadval 9.1



Moddalarning nomlanishi

Ruxsat etilgan konsentratsiyasi(REK) mg/m3

Xavf sinfi

Azot oksidi

5

2

Ammiak

20

5

uglerod oksidi

20

4

Xlor

1

2

Uyuvchi ishqorlar

0.5

2

Ishlatib bo’lingan oltingugurt tozalash, metan konversiyasi,is gazi konversiyasi metanlashtirish va ammiak xosil qilish jarayon katalizatorlari maxsus omborlarga vaqtinchlik saqlash uchun jo’natiladi.

Ikkinchi reformingdan keyin konvertirlangan gaz.


  1. Tashlama chiqindilari soni – 1 ta.

  2. Chiqindi gazlarning umumiy hajmi – 7 300 000 m3

  3. Davriyligi : davriy ravishda – ishga tushirish, to’xtatish, texnologik rejimning buzilishi tashlash harorati: 330 – 380 0C

  4. Zararli moddalarning atmosferaga tashlanishini ruhsat etilgan miqdori.

CO – 41.316 kg/d ; NO ­– 18.612 kg/d ;

NO2 – 14.429 kg/d ; SO2 ­- 3.528 kg/d ;



  1. Tashlama tarkibi:

SO2 – 10.01% ; CO – 117.21% ;

NO – 52.81% ; N2 – 40.94 % ;

Sexda texnologik jarayonlar va uskunalardan foydalanish xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda shikastlanishlarni oldini olish uchun xavfsizlikning maxsus texnik vositalari qo‘llaniladi. Ularga xavfsizlik himoyalovchisi va tuzuvchi tuzilmalar, xavfsizlik masofalari va o‘lchamlari, yorug‘lik signalizatsiya va xavfsizlik belgilari, xavfli mintaqalar ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishlarni kiritish mumkin.

Elektr qurilmalarining tok o‘tkazuvchi hamma qismlari (magnitli tushirgichlar, taqsimlash shitlari, boshqarish tugmalari, kalitlari) ham doimiy to‘siqlar bilan himoyalangan bo‘lishi zarur.

Tuzilishiga ko‘ra, doimiy to‘siqlar uskunaning ajralmas qismi kabi tayyorlanadi. Ularning tashqi sirti uskunaning rangida, ichki sirti esa to‘siqni olib yoki ochib qo‘yib ishlash xavfli ekanligidan ogohlantiruvchi qizil rangda bo‘ladi.

Texnologik va umum sex uskunalari ishini blokirovkalashdan maqsad ulardan xavfsiz foydalanish imkonini yanada oshirishdan iborat.

Blokirovkalash tizimlari quyidagi maqsadlarga hizmat qiladi:

-texnologik jarayon va umum sex uskunalarining to‘g‘ri boshqarishga barham berish;

-xavf paydo bo‘lganda ishlayotgan uskunani darxol to‘xtatish;

-ayrim mexanizm va detallarning xavfli zonadan tashqari harakatlanishga imkoniyat yaratish uchun.

Me’yordagi ish sharoitining buzilishi, ayrim mexanizmlarning ishlamay qolishi oqibatida mazkur qurilmaga hizmat ko‘rsatadigan kishi salomatligiga putur yetishi mumkin.

Blokirovkalash uchun ko‘pincha har xil relelardan foydalaniladi.

Texnologik uskunalarga hizmat ko‘rsatishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, falokatlar oldini olish, bino hamda inshoatlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun mashinalar bilan tuzilmalar, xavfsizlik masofalari va o‘lchamlari deganda, uskunalar yoki ob’ektlar o‘rtasidagi ruhsat etilgan eng kichik masofalar tushuniladi. Bu masofalar qisqartirilganda shikastlanish xavfi paydo bo‘ladi.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling