Tanlangan texnologik ishlab chiqarish jarayonining bayoni
Rangli signallar va xavfsizlik belgilari
Download 1.44 Mb.
|
Nh3
Rangli signallar va xavfsizlik belgilari
Falokatlar va ko’ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida rangli plakatlar hamda xavfsizlik belgilaridan foydalanish mehnat xavfsizligi nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. Rangli signallar va xavfsizlik belgilari ishlovchilarning diqqat-e’tiborini bevosita xavfga jalb etishga, mumkin bo‘lgan xavfdan ogoxlantirishga, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida muayyan ishlarni bajarish uchun ko‘rsatmalar berish va ruhsat etishga, shuningdek axborot berishga mo‘ljallangan. Xavfsizlik belgilari korxonalar, qurilish maydonlarining hududlari, ishlab chiqarish xonalari, ish o‘rinlari va ishlab chiqarish uskunalariga o‘rnatilishi kerak. «Rangli signal va xavfsizlik belgilari» ga muvofiq rangli signallar hamda xavfsizlik belgilarining to‘rt turi-qizil, sariq, yashil, ko‘k belgilangan. Qizil-taqiqlash, bevosita xavf, yong‘inga qarshi texnikaning belgilanishi. Sariq-ogoxlantirish, mumkin bo‘lgan xavf belgisi. Yashil-xavfsizlik «shu yerdan chiqilsin» belgisi. Ko‘k-ko‘rsatma, yong‘in xavfsizligi belgilari, axborot. ОПВБ-98 signal uzatuvchi qurilmaning tuzilishi. Avtomatik signal berish qurilmasining sxemasi ko’rsatilgan. Bu qurilma asosan avariya holatlarida blokirovkalsh uchun ishlatiladi Xavfli mintaqa - deb, ishlayotgan uskunalar va harakatlanuvchi uzel hamda detallar yoki ish asbobi harakatining chekka nuqtalariga yaqinidagi bo‘shliqqa aytiladi. Ishlab chiqarishda mehnat muxofazasi asosiy shartlari
Umum sex instruksiyasiga, texnika xavfsizligiga, yong’in xavfsizligiga va sanitariya normalariga amal qilish, texnologiya rejimga hamda remont qilish instruksityalariga, sexni ishga tushirish va to‘xtatish ko‘rsatmasiga rioya qilish; Saqlagich qurilmalarini KIP signalizatsiya blokirovka, KMPlarni siqilgan havo bilan uzluksiz ta’minlang, giptelsiya qurilmalarini uzluksiz ta’minlang; Harakatdagi mashinalarni ishlashini harakatdagi qismlarni himoyalashni to‘liq ta’minlash; Hamma ishchilarni texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi instruktaj bilan sistematik ravishda ta’minlab borish va bu sohada doimo imtixonlar olish va ishchilar bilimini oshirib borish; Saqlagich qurilmalari, nazorat o‘lchov va sozlangan qurilmalarni ishlatish; Bosim ostida ishlovchi apparatlarni va komunikatsiyali birikmalariga tegish ishlab turgan vaqtda ta’qiqlanadi. Qurilmalar binolarni pol va devorlari doimo suv bilan yuvib turilishi shart. Eritma sochilgan va to‘kilgan joylari tezlik bilan yuvib tashlanishi shart; Ishlab chiqarish binolarida va ishlab chiqarish jarayonida hamda omborlarda yonuvchi moylash materiallari va ishlab chiqarish chiqindilari bilan kontaktlashga yo‘l qo‘ymaslik, faqatgina uchqun chiqarmaydigan asboblar bilan ishlash Ishlab chiqarish va maishiy binolar yong‘inga qarshi asboblar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling